Sergeli mashina bozori xususiylashtiriladi

Sergeli tumanidagi mashina bozorini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Spot Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma'lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.
Moliyaviy hisobotdan ma'lum bo‘lishicha, bozorni boshqaruvchi «Iste'molda Bo’lgan Transport Vositalari Va Ehtiyot Qismlar Sergeli Bozori» MChJ daromad keltiruvchi korxona hisoblanadi.
2018 va 2019 yillarda daromad mos ravishda 21,2 va 28,2 mlrd so‘mga teng bo‘lgan. Uning asosiy qismi soliqlarni to‘lash uchun sarflangan — 12,7 va 15,5 mlrd so‘m.
Shu bilan birga, bu ikki yildagi sof foyda miqdori jiddiy farqlanadi — 2018 yilda 320,6 mln so‘m, 2019 yilda 3,3 mlrd so‘m. Aktivlar rentabelligi 0,34 foizdan 0,54 foizgacha o‘sgan.
Korxona qarzi 1,5 mlrd so‘m, korxonaga qarzdorlik ikki barobar ko‘p — 3,7 mlrd so‘m. Avtobozorning qarzlari 2020 yilda keskin ko‘tarilgan - bir yil oldin qarz 30,7 million so‘m bo‘lgan:
Xususiylashtirish kampaniyasi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab 339ta bozor va savdo komplekslaridagi davlat ulushlari sotilishi mumkin.
Avvalroq Gazeta.uz Sergeli mashina bozorini Toshkent viloyatiga ko‘chirib, uning hududida Car Box Service avtomobillarga xizmat ko‘rsatish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

19:32 / 15.07.2020
Sergeli avtomobil bozori qachon va qayerga ko‘chiriladi? - shahar hokimligi mas'uli izoh berdi

21:08 / 14.07.2018
Sergeli mashina bozorida avtomobil narxlari qay holatda?

02:57 / 19.06.2018
Sergeli avtomobil bozori ko‘chiriladigan joy ma'lum

17:23 / 28.12.2016