Sud «UzAuto Motors» ishini qayta ko‘rib chiqadi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent shahar sudining shu yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan keltirgan apellyatsiya shikoyatini sud qabul qildi

Foto: UzAuto Motors
Joriy yilning 11 dekabr kuni Toshkent shahar ma'muriy sudi «UzAuto Motors» ishini qayta ko‘rib chiqadi. «UzAuto Motors»ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas, deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasi bo‘yicha shu yilning 30 oktyabr kuni sudning hal qiluv qarori qabul qilingandi.
Qo‘mita vakillari sudning qaroridan norozi bo‘lib, yuqori instansiyaga murojaat etishini bildirgandi.
Kun.uz’ning Oliy suddagi manbasi ma'lumotiga ko‘ra, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi apellyatsiya shikoyatini keltirib, «UzAuto Motors» arizasini qanoatlantirishni rad etishi va yangi hal qiluv qarori qabul qilishini so‘ragan.
Ma'lumot uchun, Toshkent shahar ma'muriy sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan, arizachi «UzAuto Motors» AJning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan shikoyat arizasi qanoatlantirildi va Maxsus komissiyaning 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarori haqiqiy emas, deb topildi.
Qo‘mitaning boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Davlatov joriy yil 26 avgust kuni Kun.uz’ga bergan intervyusida maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qaror mohiyati va voqealar rivoji haqida gapirib bergandi.
Sudya G‘olib Davlatov 30 oktyabr kuni «UzAuto Motors» ishi bo‘yicha o‘z qarorini sharhlab bergandi. Shundan keyin, jamoatchilikda yana savollar paydo bo‘la boshladi. Kun.uz sudyaning o‘z qaroriga bergan sharhini qonun manbalari bilan solishtirib ko‘rgandi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
‘“Raqobat byurokratiya bilan cheklanmasligi kerak” - tagliklar importiga yangi talablar kiritildi
O‘zbekiston | 18:29
-
O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 18:14
-
Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi
O‘zbekiston | 18:12
-
Tramp Pentagonga Panama kanalini egallash bo‘yicha harbiy reja tayyorlashni buyurdi
Jahon | 18:03
Mavzuga oid

10:09
Fuqarolar sud jarayonida masofadan turib ishtirok etishi mumkin

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

19:28 / 06.03.2025