O‘zbekistonning ichimlik suvi zaxirasi bo‘yicha ma'lumot berildi
Tahlillarga ko‘ra, 2025 yilga borib yer yuzidagi davlatlarning yarmidan ko‘pida suv taqchilligi yuzaga keladi. 2050 yilda esa bu ko‘rsatkich dunyo aholisining 3/4 qismiga to‘g‘ri kelishi taxmin qilinmoqda.

3 dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat geologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Rasuljon Begmatov respublikadagi ichimlik suvi zaxiralari hajmi haqida ma'lumot berdi.
Qo‘mita xodimining aytishicha, mamlakat hududidagi 97 ta yer konida 64 million kub metr umumiy suv zaxiralari mavjud.
«Dunyoda bo‘lgani kabi respublikamizda ham suv resurslari cheklangan. Chuchuk suv umumiy suv resurslarining 8 foizini, ichimlik suvlarining esa 67 foizini tashkil etadi.
O‘zbekistonda aholi ichimlik suvi ta'minoti uchun 2019 yilda 161,4 ming kub metr/sutka, ya'ni 950 ming kishiga yetarli miqdordagi chuchuk suv zaxirasi tasdiqlangan. 2020 yilda bu ko‘rsatkich yuqorilab, 193 ming kub metr/sutka, ya'ni 1 mln 140 ming kishiga yetarli suv zaxiralari tasdiqlanishi kutilmoqda.
Bugungi kunda aholi jon boshiga suvdan foydalanish me'yori sutkasiga 115-240 litr bo‘lib, bu dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past hisoblanadi. Misol uchun, Birlashgan Arab Amirliklarida kuniga 700, Rossiyada 400, AQShda 200, Germaniyada esa 130 litr suv sutkalik normani tashkil qiladi.
Respublika hududidagi 97 ta yer konida 64 million kub metr, ya'ni soniyasiga 700 tonna yerosti suvlari umumiy zaxiralari mavjud. Bular asosan Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida o‘rtacha suv zaxiralari bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda chuchuk suvlar deyarli mavjud emas.
Yerosti chuchuk suvlari respublika bo‘ylab teng tarqalmagani eng katta muammolardan», — dedi qo‘mita rasmiysi.
Ichimlik suvi tanqisligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar yaqin yillarda oshib borishi taxmin qilinayotgani aytib o‘tildi.
«Yer sharining uchdan ikki qismi suvliklardan iborat. Buning 97 foizi sho‘r suv, 3 foizi chuchuk suvdir. Shuning ham 2 foizi muzliklardagi suvlar hisoblanadi.
Tahlillarga ko‘ra, 2025 yilga borib yer yuzidagi davlatlarning yarmidan ko‘pida suv taqchilligi yuzaga keladi. 2050 yilga borib esa dunyo mamlakatlarining to‘rtdan uch qismida suv taqchilligi kuzatilishi taxmin qilinmoqda.
Bunday sharoitda ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazish, yangi dasturlarni ishlab chiqish talab etiladi. Shu bois, bugungi kunda «O‘zbekgidrogeologiya» DUK va uning 4 ta dala ekspeditsiyalari tomonidan gidrogeologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlar dasturlari ishlab chiqilmoqda. Mamlakatning barcha hududlarida yerosti suvlarini izlash va baholash bo‘yicha geologik qidiruv ishlari olib borilmoqda», — dedi qo‘mita mas'uli.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

12:07 / 15.04.2025
Ichimlik suvi va kanalizatsiya: raqamlar yaxshilanyapti, lekin ular qanchalik haqqoniy?

21:02 / 26.03.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 7 apreldan 16 maygacha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi

12:20 / 06.03.2025
Ko‘changiz asfalt qilinmagan, ichimlik suvi va kanalizatsiya yo‘qmi? Bu haqda Telegram orqali xabar bering

21:48 / 12.02.2025