Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Majburiy suğurta turlari töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qonunda körsatilgan şaxslarga suğurta qildiruvçilar sifatida boşqa şaxslarning hayoti, soğliği yoki mol-mulkini yoxud özining boşqa şaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini öz hisobidan suğurta qiliş majburiyati qonun bilan yuklanişi majburiy suğurta deb ataladi.
Majburiy suğurtada suğurta qildiruvçi suğurtalovçi bilan suğurtaning uşbu turini tartibga soladigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan şartlarda şartnoma tuzişi şart.
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta'minlaş maqsadida qonunda hayot, soğliq va mol-mulkning majburiy davlat suğurtasi belgilab qöyilişi mumkin.
Majburiy davlat suğurtasi ana şu maqsadlar uçun davlat budjetidan ajratiladigan mablağlar hisobiga amalga oşiriladi.
Majburiy davlat suğurtasi bevosita suğurta töğrisidagi qonun hujjatlari asosida suğurtalovçilar tomonidan amalga oşiriladi.
Suğurtalangan şaxsning hayoti, soğliği yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning örnini qoplaş bilan yoki uning boşqa şaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi böyiça yetkazilgan zararning örnini qoplaş böyiça majburiyati yuzaga kelişi bilan boğliq bölgan mulkiy manfaatlari majburiy suğurta obektidir.
Hayot va soğlikka zarar yetkaziş xavfining majburiy suğurtasi, mol-mulkka zarar yetkaziş xavfining majburiy suğurtasi va fuqarolik javobgarlikni majburiy suğurtasi majburiy suğurta qilişning turlari hisoblanadi.
Qonunda mazkur majburiy suğurta turlari bir butun kompleks yoki alohida tur sifatida belgilab berilişi mumkin.
Suğurta qildiruvçi böliş majburiyati qonun bilan unda körsatilgan şaxslar zimmasiga yuklanadi.
Majburiy suğurtaning umumiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
umumiylik;
majburiylik;
jabrlanuvçilarning hayoti, soğliği va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar örni qoplanişining qonun bilan kafolatlanişi.
Suğurtalovçi, cug‘urta qildiruvçi, suğurtalangan şaxs, naf oluvçi va jabrlanuvçi majburiy suğurta turlarining sub'yektlaridir.
Suğurtalovçi quyidagi huquqlarga ega:
- qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va şartlarda suğurta (qayta suğurta qiliş) şartnomalari tuziş;
- suğurta hodisalari yuz berişining oldini oliş va ogohlantiriş çora-tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va şartlarda moliyalaştiriş;
- suğurta hodisasi röy berişining sabablari va holatlarini, şuningdek suğurta tovoni (suğurta puli) miqdorini belgilaş uçun zarur bölgan tegişli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvçi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya taşkilotlari hamda boşqa taşkilotlardan belgilangan tartibda söraş va oliş;
- suğurta tovoni (suğurta puli) tölaşni qonun hujjatlarida va (yoki) suğurta (qayta suğurta qiliş) şartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etiş, suğurta (qayta suğurta qiliş) şartnomasini muddatidan ilgari bekor qiliş;
- suğurta qildiruvçi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekşirişni, suğurta qildiruvçining suğurta şartnomasi talablari va şartlarini bajarişi ustidan nazoratni suğurta (qayta suğurta qiliş) şartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oşiriş.
Suğurtalovçi:
- suğurta faoliyati töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etişi;
- suğurta faoliyatini amalga oşiriş çoğida olingan axborotning maxfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta'minlaşi;
- qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etişi;
- suğurta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki suğurta (qayta suğurta qiliş) şartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barça zarur hisob-kitoblarni amalga oşirişi va suğurta tovoni (suğurta puli) tölaşi;
- nomi, taşkiliy-huquqiy şakli yoki joylaşgan yeri özgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni suğurta qildiruvçilarga qonunda belgilangan tartibda yetkazişi;
- suğurtalovçining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boşqa majburiyatlar ham bölişi mumkin.
Suğurta qildiruvçi quyidagi huquqlarga ega:
- majburiy suğurta şartnomasini tuziş uçun suğurtalovçini tanlaş;
- suğurtalovçidan majburiy suğurta şartnomasining şartlarini tuşuntirib berişni talab qiliş;
- suğurtalovçining suğurta tovonini tölaşni rad etiş töğrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda şikoyat qiliş;
- majburiy suğurta şartnomasi muddatidan avval tugatilganda, suğurta mukofotini majburiy suğurta şartnomasi şartlariga muvofiq oliş.
Suğurta qildiruvçi quyidagi majburiyatlarga ega:
- Qonunda körsatilgan boşqa şaxslarning hayoti, soğliği yoki mol-mulkini yoxud özining boşqa şaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini öz hisobidan qonunga muvofiq suğurtalaşi;
- majburiy suğurta şartnomasi böyiça va qonun hujjatlarida belgilangan şartlar asosida va tartibda suğurta mukofotini tölaşi;
- suğurta şartnomasiga oid holatlar töğrisida suğurtalovçiga yozma şaklda xabar berişi;
- suğurta qildiruvçi qonun hujjatlariga va özi tuzgan şartnomalarga muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi va uning zimmasida boşqa majburiyatlar ham bölişi mumkin.
Naf oluvçi quyidagi huquqlarga ega:
- suğurta tovonini oliş haqidagi talab bilan suğurtalovçiga murojaat etiş;
- qonun hujjatlarida belgilangan şartlar asosida va tartibda suğurtalovçidan suğurta tovonini oliş;
- suğurtalovçidan majburiy suğurta qiliş şartnomasining şartlari töğrisida bepul axborot oliş;
- agar naf oluvçi özining foydasiga tuzilgan şartnoma böyiça suğurta tovoniga bölgan huquqdan foydalaniş niyatida bölsa, ayni şunday majburiyat naf oluvçi zimmasida böladi.












