Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada har bir fuqarosi uchun to‘rt dozadan COVID-vaksina sotib oldi
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning ma'lum qilishicha, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsat bersa, kelgusi haftadan aholini emlash boshlanadi.
Kanada 154 mln nafar kishiga yetadigan hajmda COVID-19 vaksinasi sotib oldi. Mamlakat aholisi soni esa 40 million nafardan ozroqni tashkil etadi, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.
Qayd etilishicha, 7 dekabr kuni Kanada hukumati Moderna kompaniyasi vaksinasiga berilgan buyurtmani 40 mln dozagacha oshirgan. Pfizer kompaniyasining dastlabki 249 ming doza vaksinasi mamlakatga kelgusi haftada keltiriladi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning ma'lum qilishicha, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsat bersa, kelgusi haftadan aholini emlash boshlanadi.
Hozirda Kanada aholini vaksina bilan ta'minlash bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bloomberg agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, Kanadada 400 foiz aholi uchun vaksina mavjud, Buyuk Britaniyada bu ko‘rsatkich 295, Avstraliyada 269 foizni tashkil etadi.
Shu bilan birga, Kanada koronavirusga qarshi vaksinaning bir qismini qashshoq mamlakatlarga taqdim etishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026