Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada shariat me'yorlariga asoslangan ipotekani yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Davlat dumasi deputati Rasul Botashevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus Markaziy bankda tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan muhokama qilinmoqda.
Rossiyada shariat me'yorlariga asoslangan holda uy-joy sotib olishni moliyalashtirishni ko‘zda tutuvchi maxsus ipotekani yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bunda ssudaga foiz qo‘yilmaydi, balki uy-joyning tannarxi va uning sotilish narxi o‘rtasidagi tafovut miqdori hisobga olinadi. Bu haqda Boshqirdiston tashqi iqtisodiy aloqalar davlat qo‘mitasi ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda halol ipoteka va islom banklariga bo‘lgan talab o‘sib bormoqda. Davlat dumasi deputati Rasul Botashevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus Markaziy bankda tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan muhokama qilinmoqda.
«Halol mavzusi bu nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki turmush tarzi hamdir. Mazkur biznesning rivoji iste'molchilar ishonchiga bog‘liq, shu bois uni diniy-axloqiy qadriyatlarni hisobga olgan holda olib borish lozim», — dedi Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisi Talgat Tojiddin Ufada bo‘lib o‘tgan xalqaro biznes haftaligida.
Rossiyada avvalroq yoshlar uchun imtiyozli ipoteka dasturi e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026