Jamiyat | 21:02 / 10.12.2020
22069
1 daqiqa o‘qiladi

Xo‘jaylida birdaniga olti kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Uy egalari isitish pechidagi gazni ochiq holatda yoqqanligi aytilmoqda.

Foto: AFP/ Barbara Sax

Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Kun.uz muxbiriga rasmiy ma'lumot berdi.

 Voqea kecha, 9 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Bu haqda Xo‘jayli tumani IIBga soat 17:00 da ma'lumot kelib tushgan.

Yosh ota-ona va ularning farzandlari, shu kuni uyga mehmonga kelgan qarindoshi isitish pechidan chiqqan gaz hididan zaharlanib olamdan o‘tgan. Bolakaylarning biri 11, ikkinchisi 7 yoshda edi.

Kun.uz muxbirining manbasiga ko‘ra, uy egalari isitish pechidagi gazni ochiq holatda yoqqan.

Holat bo‘yicha Xo‘jayli tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров

Mavzuga oid