O‘zbekiston | 10:06 / 12.12.2020
3809
2 daqiqa o‘qiladi

TIQXMMI: O‘zbekistonning 2 ta universiteti dunyoning 2020 yilgi «Yashil universitetlari reytingi»da munosib o‘rin egalladi

Dunyoda Oliy ta'lim muassasalari reytingini baholovchi ko‘plab reytinglar mavjud bo‘lib, ular qatorida Quacquarelli Symonds (QS), Times Higher Education (THE), Academic Ranking of World Universities (ARWU) reytinglari yetakchilik qilib kelmoqda. Shunday reytinglardan yana bir xalqaro e'tirof etilgan reyting Indoneziya universiteti tomonidan 2010 yilda ta'sis etilgan – «UI GreenMetric» reytingidir. Ushbu reytingning asosiy maqsadi universitetlarda chiqindilarni qayta ishlash, elektr energiyasi va ichimlik suvidan oqilona foydalanish, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, yashillikni boricha asrab qolish, lozim bo‘lsa ularning sonini ko‘paytirishga e'tibor qaratayotgan lider universitetlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning reytingini tuzishdan iborat.

2020 yil 7 dekabr sanasida Indoneziya universiteti tomonidan har yilda e'lon qilib kelinadigan reytingning 2020 yilgi UI GreenMetric dunyo universitetlari reytingi natijalari va taqdirlash bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi.

2020 yilda mazkur reytingda dunyoning 1000 ga yaqin eng ilg‘or va yashil universitetlari ishtirok etdi. Quvonarlisi, bu yilgi reytingdan O‘zbekiston OTMlaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining ham o‘rin olgan. Mazkur OTMlar atrof-muhitga kam zarar yetkazayotgan, yashillikka burkangan universitetlar qatoridan joy olishi O‘zbekistonda elektr energiyasidan oqilona foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash va ekologiyaga zarar yetkazmaslik va ichimlik suvidan samarali foydalanishga undaydi.

TIQXMM Instituti Matbuot xizmati

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid