Angliyada koronavirusning yuqumliroq turi paydo bo‘ldi
Britaniyada koronavirusning dastlabki shakliga qaraganda tezroq tarqaluvchi yangi turi aniqlandi.

Foto: Tolga Akmen
Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkokning ta'kidlashicha, virusning yangi turi bir necha kun avval aniqlangan va virusning Angliya janubi-sharqida tez tarqalayotgani bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Dastlabki tadqiqotlar yangi shtamm avval ma'lum bo‘lgan shtammlardan tezroq tarqalishini ko‘rsatgan.
Xenkokning ta'kidlashicha, ayni vaqtda Angliya janubidagi 60ta turli hududda virusning yangi shtammi bilan mingga yaqin kasallanish holati qayd etilgan va ular soni tobora ko‘paymoqda.
Shu bilan birga, olimlarda virusning yangi mutatsiyasi infeksiyaning og‘ir kechishiga olib kelishi hamda koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinalar unga beta'sir bo‘lishi mumkin deb hisoblashlari uchun asos yo‘q. Biroq olimlar yangi shtamm tezroq tarqalayotgani sababli yuqumliroq ekanini tan olishgan.
“JSST bu haqida ogohlantirildi. Oxirgi vaqtda koronavirusning bunday variantlari Yevropaning boshqa davlatlarida ham qayd etilgandi”, deb qo‘shimcha qilgan Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri.
London, Esseks va Xartfordshir grafliklarida hamda Angliyaning janubidagi bir qator boshqa hududlarda koronavirusga chalinish holatlari keskin ko‘paygani sababli yangi qat'iyroq choralar kiritiladi. Ular 10 mlnga yaqin odamni qamrab oladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekiston | 08:12
-
Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polsha rahbarlari 10 may kuni Kiyevga keladi
Jahon | 08:10
-
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 07:41
-
Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshladi
Jahon | 07:39
Mavzuga oid

18:55 / 27.04.2025
“24 yoshgacha hayotimni kattalar boshqargan” – Bristol universiteti magistranti Orzugul G‘oyibova hikoyasi

14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba

15:39 / 11.03.2025
Iste’fodagi politsiya iti o‘rmonda yo‘qolgan qariyaning hayotini saqlab qoldi

15:15 / 19.02.2025