AQShda koronavirusga qarshi emlash boshlandi
AQShda 14 dekabrda koronavirusga qarshi birinchi emlash o‘tkazildi. Pfizer va BioNTech kompaniyalarining vaksinasi Nyu-Yorkning Kuins tumanidagi shifoxona hamshirasi Sandra Lindsiga kiritildi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp e'lon qildi.

Foto: AFP
Shu munosabat bilan Nyu-York shtati ma'muriyati tashkil etgan jonli efir vaqtida gubernator Endryu Kuomo “bu vaksina Nyu-Yorkda va ehtimol, AQShda qilingan birinchi vaksina” ekanini ta'kidlab o‘tgan. “Bu vaksina juda muhim, chunki, o‘ylashimcha, uning qo‘llanishi pandemiyaga qarshi urushning yakunlanishini boshlab beradi. Bu kitobning yakuniy bobidir”, deb aytgan Kuomo.
AQShda 11 dekabrda Pfizer va BioNTech vaksinasini qo‘llashga ruxsat berilgandi. Tegishli mutaxassislar vaksinaning samaradorligi ikkinchi dozasi kiritilgandan keyin 95 foizni tashkil qilishi tasdig‘ini olishgan.
Bir kishiga ikki doza vaksina kiritish talab etiladi. Ular 21 kun oraliq bilan kiritiladi.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoda koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish bo‘yicha 170ga yaqin loyiha amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh yirik kompaniyalari maktab o‘quvchilarini sun’iy intellekt davriga tayyorlashga chaqirdi
Fan-texnika | 18:00
-
Tramp jahon chempionatida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarga ruxsat berdi
Jahon | 17:55
-
Ukraina parlamenti AQSh bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi
Jahon | 17:20
-
Tarixda ilk marotaba qotillik qurboni sudda sun’iy intellekt yordamida gapirdi
Jahon | 17:15
Mavzuga oid

18:00
AQSh yirik kompaniyalari maktab o‘quvchilarini sun’iy intellekt davriga tayyorlashga chaqirdi

17:55
Tramp jahon chempionatida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarga ruxsat berdi

17:20
Ukraina parlamenti AQSh bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi

15:30