Yoshlar ittifoqi ochlik e'lon qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor xarajatlarini 3 milliard so‘mga kamaytirib to‘lab bergani ma'lum qilindi
Yoshlar ittifoqi Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazini qurish va rekonstruksiya qilish bilan shug‘ullanib, haqini to‘liq ola olmayotgan quruvchi bilan bog‘liq muammo yechim topganini ma'lum qildi.

«Jizzax real qurilish ta’mir» korxonasi rahbari Shuhrat Sotvoldiyev haqini 1,5 yildan beri ola olmay kelgan, 11 dekabr kuni ochiq xat bilan chiqib, 15 dekabrda Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi binosi oldida ochlik e'lon qilmoqchi ekanini ma'lum qilgandi.
Bu muddatdan bir kun oldin – 14 dekabr kuni Yoshlar ittifoqi tadbirkor bilan kelishuvga erishganini xabar qildi.
Shuhrat Sotvoldiyevning xabarda ilova qilingan videoda aytishicha, «Yoshlar qurilish invest» MChJ hamda «Jizzax real qurilish ta’mir» MChJ o‘rtasida «Kelishuv bitimi» imzolangan. Yangi bitimga ko‘ra, tadbirkorning xarajatlari 14,3 milliard so‘mdan 11,4 milliard so‘mga tushirilgan.
«Bugun ushbu hujjatlar asosida Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi va Jizzax viloyati hokimligi tomonidan 3,6 milliard so‘mlik mablag‘lar qoplab berildi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman, endi 300dan ortiq ishchi xizmatchilar o‘z ish haqlarini oladigan bo‘ldi.
Bu holat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarga chiqishimni maslahat berganlar ham bo‘lgan edi. Asosiysi, masala yechildi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqidan hech qanday da'vo e'tirozim yo‘q», – deydi tadbirkor Shuhrat Sotvoldiyev.
Kun.uz qonuniy kuchga kirgan kelishuv bitimi nusxasini so‘raganida, Yoshlar ittifoqi matbuot kotibi ertaga taqdim etilishini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu masala yuzasidan shu yil may va noyabr oylarida Kun.uz'da tanqidiy maqolalar e'lon qilingan edi. Foyda bo‘lmagach, undiruvdan umidi so‘nayotgan tadbirkor 11 dekabrda ochiq xat bilan chiqib, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi binosi oldida ochlik e'lon qilmoqchi ekanini bildirgandi.
«Ittifoq pulimni so‘nggi tiyinigacha bermagunicha ovqat ham yemayman, suv ham ichmayman. Ortimda turgan 300dan oshiq oilalar haqi-hurmati bu nohaqliklardan o‘limga ham tayyorman», – deb yozgan edi Shuhrat Sotvoldiyev ochiq xatida.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qushbegi dahasidagi xonadonlardan birida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 08:41
-
Tramp: AQSh muzokarachilari Moskvaga jo‘nab ketdi
Jahon | 08:21
-
Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning Faxriy legion ordeni bilan mukofotlandi
O‘zbekiston | 07:59
-
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda
Sport | 03:54
Mavzuga oid

17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi

20:20 / 20.01.2025
Nodavlat OTMlarga norasmiy “soliq” solish davom etayotgani aytilmoqda. Vazirlik buni rad etdi

11:04 / 17.01.2025
200 nafar tadbirkor xalqaro moliya bozoridan 2 mlrd dollar jalb qilishga tayyorlanadi

09:55 / 15.01.2025