Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2021 xalqaro sanoat ko‘rgazmasi – tadbirkorlar uchun yangi marralar
EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2021 uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi 2020 yilning 18 noyabridan 2021 yilning 18 fevraliga qadar onlayn formatda bo‘lib o‘tmoqda.
COVID-19 pandemiyasi bog‘liq vaziyat tufayli ko‘rgazma ilk marta onlayn shaklda o‘tkazilmoqda.
Ushbu yangi format qator afzalliklarga ega. Ko‘rgazma ishtirokchilari o‘z kompaniya va mahsulotlarini individual dizaynga ega raqamli stendlarda namoyish qilmoqda. Ularga tashrif buyuruvchilar bilan videokonferensiyalar va to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar uchun ishonchli aloqa kanallari taqdim etilmoqda.
Video taqdimotlar va veb seminarlar o‘tkazish, shuningdek, onlayn davra suhbatlarida qatnashish imkoniyati mavjud.

Onlayn tadbirlarda barcha xohlovchilar kuzatib borishi mumkin. Translatsiyalar ko‘rgazmaning rasmiy sahifasi (www.exporf.ru) va Tashkiliy qo‘mitaning YouTube'dagi kanalida bo‘lib o‘tadi.
Yana bir yangilik: ko‘rgazma 3 oy davom etishi sababli siz ham uning ishtirokchilari qatoriga qo‘shila olasiz. Bu esa sizga o‘z mahsulotingizni namoyish etish imkonini beradi.
Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda, Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi va Moskva Savdo-sanoat palatasi homiyligida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Savdo-sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Qishloq xo‘jalik vazirligi, «RETs» AJ hamda Rossiyaning boshqa idoralari, O‘zbekistonning Energetika vazirligi, Qurilish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa idoralari, shuningdek, har ikki mamlakat elchixonalari hamda savdo vakolatxonalari ko‘magida o‘tkazilmoqda.

EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2021 ko‘rgazmasi doirasida uchta davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 18 noyabr kuni tantanali ochilish marosimidan keyin O‘zbekiston va Rossiya energetika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Transport sohasiga oid masalalar 3 dekabr kuni muhokama qilingan bo‘lsa, 9 dekabr kuni Rossiya va O‘zbekistonning qurilish, arxitektura sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini kengaytirish masalasi davra suhbati mavzusiga aylandi.
Mazkur tadbirlarda Rossiya va O‘zbekiston biznes vakillari hamda sohaga aloqador vazirliklar rahbarlari ishtirok etishdi.
16 dekabrda agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat sanoati kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu – Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biridir.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat savdosi hajmi yil sayin oshib bormoqda. 2020 yilning yanvar oyidan avgust oyigacha bo‘lgan davrda uning o‘sish ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 60 foizni tashkil etdi va rekord darajadagi 630 million dollarga yetdi. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida agrosanoat majmuasi sohasi eksport salohiyati yuqori va bu boradagi hamkorlikni kengaytirish mumkin va zarur.
Agrosanoat majmuasi kuni doirasida O‘zbekiston vaqti bilan soat 12:00da Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi munosabatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Unda qatnashish uchun Rossiya va O‘zbekiston tarmoq federal va mintaqaviy bo‘limlari rahbarlari, ikki mamlakat eksport markazlari va agentliklari rahbarlari, olimlar, sohaga aloqador jamoat tashkilotlari hamda biznes vakillari taklif etilgan.
Tadbir davomida taqdimot onlayn maydonchasi ishlaydi. Unda Rossiya va O‘zbekiston agrosanoat majmuasi sohasi kompaniyalari ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarga o‘z mahsulot hamda xizmatlarini namoyish etishlari mumkin.
Ko‘rgazma doirasida 28 yanvar kuni yuqori texnologiyalar, 11 fevral kuni ta'lim sohasida hamkorlik mavzulariga bag‘ishlangan davra suhbatlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2021 to‘rtinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi va Toshkent biznes forumi 2021 yilning 21–23 aprel kunlari o‘tkaziladi. U Toshkent shahrida ishtirokchi kompaniyalar stendlari joylashgan Yoshlar ijod saroyida va onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
Barcha manfaatdor kompaniyalar, tuzilmalarni EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2021 to‘rtinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi va Toshkent biznes forumida ishtirok etishga taklif qilamiz va «EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN – 2020» uchinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi onlayn tadbirlarida kutib qolamiz.
O‘zbek kompaniyalari va barcha o‘zbekistonliklarni onlayn ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif etamiz.
Batafsil ma'lumot: www.ExpoRF.ru
Murojaat uchun: +7-495-7213236
Reklama huquqi asosida