Deputatlar ayrim jarimalarni kamaytirish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqdi
Yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun belgilangan jarimalarning minimal miqdorini qo‘llash, takroran sodir etganlik uchun jarima miqdorini pasaytirish, ayrim hollarda huquqbuzarlikning oqibatidan kelib chiqib jarima belgilash taklif etilmoqda.

Oliy Majlisning uch nafar deputati yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ayrim javobgarlik choralarini yengillashtirishni taklif etmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, deputatlar – E.Salixov, F.Ashmatov va K.Tojiyev ishlab chiqqan qonun loyihasida quyidagi takliflar ilgari surilgan:
- Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim turdagi qoidabuzarliklarga nisbatan bazaviy hisoblashning «eng kam» va «eng ko‘p» miqdorda belgilangan jarimalarning minimal darajasini qo‘llash;
- takroran sodir etilgan ba'zi huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar miqdorini kamaytirish;
- ayrim huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar miqdorini oqibatidan kelib chiqqan holda belgilash.
Bundan tashqari, hukumatning ayrim qarorlariga ham quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda:
- avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qat'i nazar, respublikaning istalgan hududida texnik ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat berish;
- haydovchilik guvohnomalarini berish jarayonlarida inson omilini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
- haydovchilik guvohnomalarini yo‘qotgan (o‘g‘irlangan, yong‘in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) shaxslarga dublikat berish tartibini soddalashtirish.
Ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritilib, siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamalaridan so‘ng, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida uch o‘qishda ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, Qonunchilik palatasining Mudofaa-xavfsizlik qo‘mitasi deputatlari to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni kamaytirmoqchi. Bunday qoidabuzarlik necha marta sodir etilishidan qat'i nazar, jarima BHMning 1 baravari etib belgilanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
Jahon | 12:14
-
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
O‘zbekiston | 12:02
-
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 11:58
-
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
Jahon | 11:54
Mavzuga oid

00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

16:12 / 10.04.2025
Ekologik nosoz avtomobillar haydovchilariga chora ko‘riladi

17:25 / 02.04.2025