Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akmal Burxonov: «Singapurda poyezd yarim soatga kech qolsa, vazir ishdan ketadi»

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktori Akmal Burxonov 18 dekabr kuni Toshkentda boshlangan Yoshlar forumida agentlik oldidagi ayrim rejalar bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
«Hozir juda ko‘p takliflar tayyorlayapmiz. Masalan, davlat xizmatchilarining mol-mulki va daromadini deklaratsiya qilish to‘g‘risida qonun qabul qilinsa, agar deklaratsiya to‘ldirilmasa yoki noto‘g‘ri ma'lumot kiritilsa, qanday javobgarlik belgilanishi mumkin, degan savol paydo bo‘ladi. Bu bo‘yicha qonunchilikka intizomiy, ma'muriy va jinoiy javobgarlik to‘g‘risida o‘zgartish kiritilishi kerak», – dedi Akmal Burxonov.

Uning qayd etishicha, davlat xaridlari to‘g‘risidagi tartibni buzganlik uchun kelgusida jinoiy javobgarlik ham belgilanishi mumkin.
«Xaridlar bo‘yicha biz hozircha ma'muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi taklifni kiritdik. Hozir davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lsa yoki boshqa yo‘llardan foydalanilsa, ma'muriy javobgarlik belgilash to‘g‘risidagi hujjat Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishdan o‘tdi.
Ikkinchi bosqichda esa jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ko‘rilyapti. Agar xarid katta summada bo‘lsa va davlatga ziyon yetkazadigan bo‘lsa, qanday tartib belgilanishi ko‘rib chiqilmoqda», – dedi agentlik direktori uchrashuvda.

Akmal Burxonov milliy qonunchilikda noqonuniy boylik orttirish va sovg‘a masalalari hali to‘liq tartibga solinmaganiga e'tibor qaratdi.
«Masalan, yaqinda singapurliklar bilan uchrashuv qildik. Ularning aytishicha, Singapurda 1 dollarlik pora uchun 3 oy tekshiruv olib borilgan. Bizda esa 1 dollar pora hisoblanmaydi. Lekin biz ham poraning katta-kichigiga bir xil qarashimiz kerak.
Agar hozir shunday kichik miqdordagi pora haqida e'lon qilsak, «mayda ishlar bilan shug‘ullanishyapti», deyishadi. Biroq pora summasiga teng qaralishi va bu qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Bizga aytishlaricha, Singapurda poyezd [asosli sababsiz] yarim soatga kech qolsa, vazir avtomatik tarzda ishdan ketadi. O‘zbekistonda ham shunday tizim yaratish ustida ishlayapmiz. Shuningdek, korrupsion jinoyat tushunchasini kengaytirishimiz lozim», – dedi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktori.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Sag‘bon” podstansiyasida ketma-ket avariyalar. Muammo qachon bartaraf etiladi?
O‘zbekiston | 12:00
-
Sotuvchilarni majburiyatini o‘z vaqtida bajarishga undaydigan normalar belgilandi
O‘zbekiston | 11:56
-
Uzbekistan Airways Toshkent - Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi
O‘zbekiston | 11:22
-
Ko‘cha o‘rtasiga panjara: bu qanchalik to‘g‘ri?
Jamiyat | 11:17
Mavzuga oid

22:53 / 31.07.2025
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi

17:35 / 31.07.2025
Litva bosh vaziri korrupsiya mojarosi tufayli iste’foga chiqdi

10:59 / 31.07.2025
Kiyevda yana aksiya: talablar o‘zgarmadi, yangi shiorlar

21:43 / 29.07.2025