Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi
Bolgariya oxirgi marta sentyabrda rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborgandi.
Bolgariya bosh prokurori Ivan Geshev mamlakat tashqi ishlar vazirligiga rossiyalik diplomatlardan biri 2017 yilda harbiy tusdagi maxfiy axborot yig‘ish bilan shug‘ullanganligi bo‘yicha dalillar to‘planganligi haqida ma'lum qildi, deb yozmoqda "Novinite" nashri.
Xabar qilinishicha, Bolgariya tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasining harbiy, harbiy-havo va harbiy-dengiz attashesini persona non grata deb e'lon qilgan.
Geshevning bildirishicha, diplomat maxfiy axborotlar olish imkoniga ega Bolgariya fuqarosidan davlat siriga oid ma'lumotlarni olib turgan. Buning evaziga unga pul berilgan, deb yozadi "Novinite".
Bolgariya oxirgi marta sentyabrda rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborgandi. O‘shanda prokuratura ularni josuslikda ayblagandi. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, ular 2016 yildan buyon razvedka faoliyati biln shug‘ullanib kelishgan.
Moskva bu ayblovlarni asossiz deb atagan va oktyabrda bolgariyalik ikki nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborgandi.