Vazir hokimlarning yer uchastkalari ajratish bo‘yicha qaror qabul qilish institutini bekor qilish taklifini bildirdi
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Senat yalpi majlisida qishloq xo‘jaligi investitsiya obektiga aylanishi kerakligi, buning uchun esa yerga bo‘lgan huquqlar barqaror bo‘lishi lozimligi haqida gapirdi.

Foto: Senat matbuot xizmati
«Qishloq xo‘jaligi sohasi investitsiya obektiga aylanishi kerak. Buning uchun yerga bo‘lgan huquqlar barqaror bo‘lishi kerak. Shundagina o‘zimizning fuqarolar ham investitsiya kiritadi, tuproq va hosil unumdorligi oshishiga harakat qiladi.
Yerni olib qo‘yish juda qattiq byurokratik jarayon bo‘lishi kerak. Trespass – AQShda bekorga rivojlanmagan.
Qishloq xo‘jaligi ko‘p yillar davomida ko‘plab salbiy holatlar manbayi bo‘lib kelgan: majburiy mehnat ham bo‘lgan, barcha davlat organlarini ham paxtaga jalb qilish bo‘lgan huquqini poymol qilish ham, yerlarni talon-toroj qilish ham.
Mana endi yangi munosabatlar shakllanyapti, klasterlar, kooperatsiyalar. Endi ularni ham huquqiy yagona va aniq tartibga solish kerak. Fikrimizcha, shartnoma buning eng maqbul mexanizmidir», deya Ruslanbek Davletovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazir bu borada bir necha takliflarni ilgari surdi:
- hokimlarning yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha qarorlar qabul qilish institutini bekor qilish.
- yer uchastkalarini toifasiga qarab tadbirkorlar va fuqarolarga elektron onlayn-auksion, tanlov, eng yaxshi taklifni tanlash orqali (yirik investitsiya loyihasi bo‘yicha) hamda davlat-xususiy sheriklik bitimi asosida ajratish.
- yer qonunchiligini buzganlik uchun birinchi navbatda iqtisodiy hamda ma'muriy choralar qo‘llash;
- yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni tugatishning asoslarini keskin kamaytirish kerak.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaqin 75 yil ichida dengiz sathi uch metrga ko‘tarilishi mumkin - olimlar
Fan-texnika | 00:12
-
YeI davlatlari «Ozodlik radiosi» uchun muqobil moliyalashtirish manbalarini qidiradi
Jahon | 23:38 / 18.03.2025
-
Putin Ukraina energetika obektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi va «harbiylarga tegishli buyruq berdi»
Jahon | 23:07 / 18.03.2025
-
Bundestag mudofaa xarajatlarini oshirishga yordam beradigan qonunni ma’qulladi
Jahon | 22:25 / 18.03.2025
Mavzuga oid

19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi

22:35 / 15.11.2022
AQSh O‘zbekistonda diniy erkinlikka doir qonunchilik xalqaro standartlarga moslashtirilishiga umid bildirdi

12:33 / 15.11.2022
Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

23:40 / 12.10.2022