Toshkent shahar bosh rejasi 2022 yili tayyor bo‘ladi - Qurilish vazirligi
Qurilish vaziri o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston poytaxtining qurilish bosh rejasi 2023 yilga qadar tayyor bo‘lishini ma'lum qildi.
10 dekabr kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan Yoshlar forumida ishtirok etgan qurilish vaziri o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov poytaxt qurilishining bosh rejasi keyingi ikki yilda tayyor bo‘lishi, 2023 yilda tasdiqlanishi kutilayotgani haqida gapirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Bosh rejani ishlab chiqish uchun dunyodagi yetakchi loyihalash tashkilotlari bilan muzokara olib borilyapti. Bunda Estoniya, Turkiya, Yevropa va AQShdagi loyiha institutlarining urbanistikada tajribali bo‘lgan mutaxassislari bilan so‘zlashmalar olib borilmoqda. Ayni paytda bosh rejani ishlab chiquvchi kompaniyani tanlab olish uchun tanlov o‘tkazishga tayyorlanyapmiz. 2022 yilda bosh reja ishlab chiqiladi va muhokamaga qo‘yiladi. 2023 yilda Toshkent shahrining bosh rejasi qabul qilinishi kutilmoqda», — deydi Hidoyatov.
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Davron Hidoyatov 2019 yil oktyabrda o‘tgan Senatning yalpi majlisida bosh reja 2020 yilda tayyor bo‘lishini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2018 yil avgust oyidagi farmoniga muvofiq, Toshkent shahar hokimi 2019 yil 1 yanvarga qadar Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasini taqdim etishi kerak edi.
Shuningdek, yuqoridagi farmon bilan shahar hokimiga 2019 yil 1 dekabrgacha tasdiqlangan bosh reja konsepsiyasi asosida Toshkent shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish haqida topshiriq berilgandi.
Amalda har ikkala topshiriq ham belgilangan muddatda bajarilmadi. 2019 yil 1 yanvargacha taqdim etilishi buyurilgan konsepsiya avvaliga aprel oyida taqdim qilinishi e'lon qilindi, keyinroq esa may oyida tayyor bo‘lishi aytildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 27 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, 2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
Jamiyat | 22:09
-
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi
O‘zbekiston | 22:04
-
Indoneziyada bomba haqida hazil qilgan ayol reysdan olindi
Jahon | 22:01
-
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Jahon | 21:50
Mavzuga oid

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

09:40 / 17.04.2025