Mazkur tartibga ko‘ra, Covid-19’ga topshirilgan PZR testining manfiy natijasi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega shaxslardan ham ekspress test olinadi.

Ekspress test natijalari musbat chiqqanda, bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo‘naltiriladi.

«Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga binoan, O‘zbekistonga kelishni rejalashtirgan vatandoshlarimiz va xorijiy davlatlar fuqarolaridan 2020 yil 25 dekabrdan boshlab joriy qilinadigan davlat chegarasini kesib o‘tishning yangi tartibini hisobga olishi so‘raladi», deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan avvalroq xorijdagi o‘zbekistonlik talabalar uchun koronavirusga test narxi arzonlashtirilgandi.