Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Shu kungacha Xalq ta'limi vazirligining “Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish” bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan Suluv Yangiboyevna Hamidova Surxondaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati bugun, 21 dekabr kuni xabar tarqatdi.
Suluv Hamidova 1969 yilda Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1990 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyati davomida Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, moliya-iqtisodiyot fakulteti dekani o‘rinbosari, Termiz tumanidagi Yangiariq qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji direktori, TerDU qoshidagi Termiz akademik litseyi direktori, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti lavozimlarida ham ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Samarqand viloyati Xalq ta'limi boshqarmasiga ham yangi rahbar tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
14:39 / 06.07.2026
Muzrabotning jinoyatda gumonlangan sobiq hokimi davlat ishiga qaytdi
19:20 / 27.06.2026
Surxondaryo viloyat soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026