Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarjimon Amir Fayzulla vafot etdi
Hind filmlari tarjimoni sifatida tanilgan yozuvchi Amir Fayzulla 76 yoshida vafot etdi.

Amir Fayzulla 1945 yil 15 yanvarda G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha hindshunos. Amir Fayzulla 1967-1971 yillarda G‘allaorol tumanidagi maktablarda o‘qituvchi, 1971-1975 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1975-1990 yillarda «Progress» nashriyotida bo‘lim mudiri, 1990-1994 yillarda «Xalq merosi» nashriyotida muharrir, 1994–1997 yillarda «O‘zbekiston» radiosida tarjimon, 1997–2020 yillarda «Jahon adabiyoti» jurnalida yetakchi muharrir vazifalarida ishlagan.
Yozuvchi hind, urdu va rus tillaridan o‘zbek tiliga 30 dan ortiq roman va qissa, 400 seriyadan ortiq hind filmlarini tarjima qilgan. Amir Fayzulla «Mahobhorat» va «Ramayana» kabi mashhur hind seriallari tarjimoni sifatida tanilgan. Shuningdek, «Sangam», «Muqaddas qasam», «Miskinlar homiysi», «Gul va olov», filmlarini o‘zbek tiliga o‘girgan.
Amir Fayzulla o‘zbek tilidan hindiy va urdu tillariga ham o‘zbek adiblarining bir qancha asarini tarjima qilgan. Uning urdu tilida «O‘zbekiston shoirlari» (1972), hind tilida esa «O‘zbek adabiyoti namunalari hind tilida» (2014) to‘plamlari chop etilgan. Tarjimon Uvaysiy va Nodira she'rlarini ham hindchaga o‘girgan. Oxirgi yillarda Teodor Drayzerning «Sarmoyador» asarini o‘zbekchaga tarjima qilgan.
Amir Fayzullaga 2000 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan. 2020 yil Hindiston davlati tomonidan doktor Jorj Grirson nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlangan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putindan jahli chiqqan Tramp, ikkiyuzlamachilik davri tugashi kerakligini aytgan BMT vakili va yana Suriyaga zarba bergan Isroil – kun dayjesti
Jahon | 15:00
-
Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari: Istanbul formati «o‘z ma’nosini yo‘qotdi»
Jahon | 14:51
-
Markaziy bank dunyodagi eng yirik bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
O‘zbekiston | 14:17
-
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qildi
Jahon | 13:43