Xitoy hukumati Jyek Maga mamlakatni tark etmaslikni tavsiya qilgan - OAV
Xitoy hukumati Alibaba kompaniyasining shu'ba kompaniyasi Ant Group’ning IPO’si bekor qilingandan keyin kompaniya asoschisi Jyek Maga mamlakatni tark etmaslikni tavsiya qilgan. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbaga tayanib Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Xitoy rasmiy idoralari Ant’ning birjaga aksiyalarini chiqarishini bekor qilgandan keyin odatda faol bo‘lgan Jyek Ma biror marta ommaviy ko‘rinish bermagan.
Ant Group’ning IPO’si noyabr boshiga Hongkong va Shanhay birjasida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. U fond bozori tarixidagi rekord qiymatdagi IPO bo‘lishi va kompaniya uning ortida 34,4 mlrd dollargacha mablag‘ jalb qilishi kutilgandi. Biroq birjalar Ant Group’ning IPO’sini rasmiy idoralarning talabi bilan savdolar boshlanishi rejalashtirilgan sanadan ikki kun oldin to‘xtatishgan. E'tiborlisi, rasmiy idoralar ushbu qarorni Ma Xitoy banklari va moliyaviy idoralarini tanqid qilganidan bir necha kun keyin qabul qilgan.
The Wall Street Journal nashri ma'lumotlariga ko‘ra, milliarder Xitoy hukumatiga Ant Group aksiyalarining bir qismini milliylashtirishni taklif qilgan. Biroq bu IPO bekor qilinishi oldini olishga yordam bermagan.
Mavzuga oid
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
21:52 / 24.12.2024
Xitoyda 2027 yil oxiriga borib 5G aloqa tarmog‘idan foydalanuvchilar ulushi 85 foizga yetkaziladi
17:07 / 24.12.2024
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
23:24 / 23.12.2024