Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Morgenshtern O‘zbekistonga safari uchun qancha pul sarflaganini aytdi
Morgenshternning so‘zlariga ko‘ra, u avtomobilni samolyotda olib kelish uchun qariyb 56 mln so‘m sarflagan.
Foto: tbld.uz
Rossiyalik reper Morgenshtern o‘ziga tegishli «Mercedes» avtomobilini O‘zbekistonga olib kelib, buxorolik yigitga sovg‘a qilish uchun qancha pul sarflaganini aytdi. U bu haqda o‘zining YouTube-kanaliga joylashtirgan videosida ma'lum qildi.
Avvalroq Kun.uz Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatidan olgan ma'lumotga ko‘ra, Morgenshtern «Mercedes-Benz E 200»ni O‘zbekistonga olib kirish uchun jami 340 mln so‘m bojxona to‘lovlarini to‘lagani ma'lum bo‘lgandi.
Morgenshternning so‘zlariga ko‘ra, u bojxona to‘lovlaridan tashqari avtomobilni samolyotda olib kelish uchun qariyb 56 mln so‘m sarflagan.
Bundan tashqari, artist avtomobilning Rossiyada berilgan davlat raqamini O‘zbekiston davlat raqamiga almashtirish uchun ham pul to‘lagan.
Morgenshternning ta'kidlashicha, qator qoidalar bois avtomobilni O‘zbekistonga olib kirish qiyin bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik taniqli reper Alisher Valeyev – Morgenshtern Instagram'da Give-away tanlovini e'lon qilgan, tanlovga qo‘yilgan superyutuq – «Mercedes-Benz E 200» avtomobili buxorolik Azim Abdullayevga nasib qilgandi.
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025