Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron general Sulaymoniyning o‘ldirilishiga aloqador shaxslar ro‘yxati tuzdi
Inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Ali Bag‘iriy Qaniyning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati Sulaymoniyning o‘ldirilishiga aloqador 48 kishining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan va ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘rilgan.
Eron hukumati Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni, general Qosim Sulaymoniyning o‘limiga aloqador 48 kishidan iborat ro‘yxatni tuzdi. Bu haqda Mehr News nashri o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
Inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Ali Bag‘iriy Qaniyning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati Sulaymoniyning o‘ldirilishiga aloqador 48 kishining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan va ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘rilgan. Xususan, Tehron generalni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyaga u yoki bu darajada jalb etilgan mamlakatlardan ma'lumot taqdim etishni talab qilgan.
Amaldorning aytishicha, Eron hukumati ana shunday murojaat bilan chiqqan oxirgi mamlakat Germaniya bo‘lgan.
«Biz Germaniyadagi AQSh aviabazasi Sulaymoniyni o‘ldirishda foydalanilgan dronlar o‘rtasida ma'lumot almashishda qatnashganligi to‘g‘risida axborot oldik», — dedi Qaniy.
Qosim Sulaymoniy shu yil 3 yanvarda Bag‘dod aeroporti yaqinida AQSh droni zarbasi natijasida o‘ldirilgandi. U bilan birga 4 nafar eronlik harbiy va Iroq armiyasining 5 vakili halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
00:49 / 14.06.2026