Farg‘onada huquqbuzarliklar dronlar yordamida qayd etiladi
1 yanvardan boshlab Farg‘ona viloyatida yo‘l harakati qoidalariga va jamoat joylarida tibbiy niqob rejimiga rioya etilishi ustidan dronlar yordamida nazorat o‘rnatiladi.

2021 yilning 1 yanvaridan Farg‘ona viloyatida qoidabuzarliklarni aniqlashda dronlardan foydalaniladi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu qurilmalar yordamida kun-u tun patrullik tashkil etilib, belgilangan tezlikka, yo‘l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar, shuningdek, jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanmagan hamda jamoat tartibini buzgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik fiksatsiya qilinadi.
«Hurmatli fuqarolar, maqsadimiz sizlarni jarimaga tortib, moliyaviy ziyon yetkazish emas. Aksincha, inson hayoti va sog‘lig‘iga daxldor bo‘lgan qoidalarga amal qilishingizni ta'minlashga qaratilgan», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 17 oktyabrdan e'tiboran, Farg‘ona viloyatida jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar kameralar yordamida aniqlanib, jarimaga tortilmoqda.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi jamoat joylarida kinologiya punktlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:33
-
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan
Jahon | 10:19
-
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda
Jahon | 09:55
-
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:40
Mavzuga oid

12:26 / 16.04.2025
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi

20:00 / 13.04.2025
Xitoy uzluksiz 30 soatgacha parvoz qilishga qodir dronni taqdim etdi

09:30 / 08.04.2025
Ukraina dronlar ishlab chiqarishini maksimal darajada oshirmoqda - Zelenskiy

12:04 / 05.04.2025