Koronavirusli yilda «chiroyli» avtoraqamlar savdosi oshdi
2020 yilda birja orqali sotilgan avtoraqamlar soni 106 mingdan oshgan va tushum ham ko‘paydi.
2020 yilning boshidan buyon O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz vebsaytida 262,6 milliard so‘mlik 106 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi. Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 2,6 marta, hajmi bo‘yicha – 71,2 foizga o‘sdi, deb xabar bermoqda birja matbuot xizmati.
Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,4 million so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 92,3 foizi jismoniy shaxslar, 7,7 foizi – yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. O‘tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 206,7 million so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 30 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlar, 33,5 foizi – ikkinchi, 19,3 foizi – uchinchi, 5,9 foizi – to‘rtinchi, 5,4 foizi –beshinchi va 5,9 foizi – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (45,2 foizi) Farg‘ona (8,2 foizi), Samarqand (8,1 foizi) va Namangan (6,0 foizi) viloyatlarida xarid qilindi.
Hukumatning tegishli qarori bilan joriy yilda auksion savdolari orqali qo‘shimcha 271 ta juft avtoraqamlar ham sotilishi belgilandi. Mazkur qaror kuchga kirishi bilan joriy yilda onlayn-auksionlar orqali har oyda sotiladigan avtoraqamlarning o‘rtacha soni 2 ming 700 tadan 14 minggacha oshgan.
Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 20 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Ma'lumot uchun, 2019 yilda 36 mingdan ziyod «chiroyli» avtoraqamlar sotilgan bo‘lib, raqamlar savdosining umumiy summasi 156.1 milliard so‘mga teng bo‘lgandi. Shunda, tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha narxi 4.3 million so‘mni tashkil etgan.
Mavzuga oid
20:51 / 01.08.2024
2024 yilning dastlabki 6 oyida avtoraqamlar savdosi 3 barobar oshdi
07:50 / 20.05.2024
Yanvar-mart oylarida «chiroyli» avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshdi
07:44 / 29.02.2024
2023 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum qilindi
21:49 / 30.12.2023