Iqtisodiyot | 22:34 / 31.12.2020
35652
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yillik inflatsiya ko‘rsatkichi ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi iste'mol sektoridagi inflatsiya darajasi haqida ma'lumot berdi. 

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil davomida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflarning o‘sish darajasi 11,1 foiz bo‘lganini ma'lum qildi. 2019 yil ushbu ko‘rsatkich 15,2 foiz bo‘lgani e'tirof etilgandi. 

Qo‘mita axborotnomasida ta'kidlanishicha, yilning so‘nggi oyida o‘rtacha iste'mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘sish sur'ati 1,6 foizni tashkil etgan. 

2020 yilning iyun va iyul oylarida iste'mol narxlari indeksi 2019 yildagi mos davrga nisbatan pasaygan. INI o‘sish sur'ati faqat sentyabr oyiga kelib, mart oyidagi ko‘rsatkichdan o‘tib ketgan.

Inflatsiyaning o‘sishi asosan oziq-ovqat mahsulotlari narxida kuzatilgan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi hamda xizmatlar tarifida oylik inflatsiya 1 foizni ham tashkil etmagan (nooziq-ovqat mahsulotlari narxi faqat sentyabr oyida 1 foiz inflatsiyaga erishgandi).

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga ko‘ra, bosh regulyatorning 2021 yildagi asosiy maqsadi inflyatsion targetlash siyosatini davom ettirish hamda inflatsiya ko‘rsatkichini 10 foizdan oshirmaslikdan iborat.

Markaziy bank iqtisodiyotda inflatsiyani oshiruvchi asosiy xatarlarni ma'lum qildi 

Mavzuga oid