- Qonun bilan sud tizimida taşkiliy-tuzilmaviy özgarişlar amalga oşirilayotganini inobatga olib, Konstitutsiyaning 107-moddasiga tegişli özgartişlar kiritilmoqda. Özgartiriş kiritilayotgan moddada aniqlik kiritilişiça, Özbekiston sud tizimi Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, harbiy sudlar, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toşkent şahar ma'muriy sudlari, fuqarolik işlari böyiça tumanlararo, tuman, şahar sudlari, jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlari, tumanlararo, tuman, şahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma'muriy sudlardan iborat. Uşbu özgartiriş Özbekiston prezidentining 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga köra kiritilmoqda, farmonga köra, 1 yanvardan boşlab sud tizimiga tegişli özgartirişlar kiritilişi lozim.
Tadbirda Kun.uz muxbiri Senat uşbu qonunni nima uçun 18 dekabr kuni ötkazilgan yalpi majlis kun tartibidan olib taşlangani hamda loyihalarni Senatga kelib tuşgan va senatorlar tasdiqlagan variantidagi farqlar jamoatçilikka e'lon qilinişi borasida savol berdi.
Oliy Majlis Senati Sud-huquq va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi örinbosari Şuhrat Çölliyevning aytişiça, kun tartibi yalpi majlis bölib ötadigan kuni tasdiqlanadi. «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi avvaldan kun tartibida bölmagan.
«Loyiha jihatidan biz qömitalarda muhokama qilişimiz mumkin, lekin kun tartibi yalpi majlisning özida tasdiqlanadi. U yerda [kun tartibida] «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi yöq edi», – dedi senator.
Şuningdek, Şuhrat Çölliyev Qonunçilik palatasidan Senatga kelib tuşib muhokama qilinayotgan loyihalarning matnida farqlar bölmasligini ma'lum qildi.

«Çunki bizning haqqimiz yöq. Qonunçilik palatasidan qonun bölib çiqadi, loyiha emas. Şuning uçun biz uning bitta nuqtasini ham özgartirişga haqqimiz yöq. Agar özgartiradigan bölsak, biz uni qaytarişimiz kerak. Bizning bunga e'tirozlarimiz yöq, çunki bizning fikrimiz böyiça bu [«Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi] ança muhokamalardan ötgan. Iyul oyida prezident farmoni qabul qilinişidan oldin biz senatorlar joylarga çiqib, sudlar va mahalliy kengaşlar bilan muhokama qilgan edik. Xalq özi buni kötargan edi, «sudni optimizatsiya qiliş kerak, juda tarqoq bölib ketdi» degan ma'noda. Hozirgi özgarişlar şu bilan boğliq.









