Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov Konstitutsiyaga tuzatişlar kiritiş töğrisidagi qonun keng jamoatçilik fikrisiz qanday qilib palatadan ötib, Senat yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgani haqidagi savolga javob berdi.
Sud tizimidagi yangiliklardan kelib çiqib, Konstitutsiyaga 15-marta tuzatiş kiritilişi qay yösinda qilinayotgani tanqidlarga sabab bölgan edi.
Akmal Saidov bu masalada Qonunçilik palatasi hammasini töğri bajargan, deb hisoblamoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
«Men Senat uçun emas, faqatgina Qonunçilik palatasi uçun javob beraman. «Qanday qilib Qonunçilik palatasidan ötib ketdi?» degan kesatiğingizga ham qöşilmayman. Biz Konstitutsiya böyiça va kiritilgan qonunlar böyiça işlaganmiz hamda buni oxiriga yetkazdik.
Biz Özbekistonda yangi sud tizimi böyiça barça kerakli qonunlarni qabul qildik. Tört xil sudni bittaga birlaştirdik. Şu hammasi Konstitutsiyaning 117-moddasiga kiritilişi kerak. Bu 1 yanvardan işlaşi kerak. Lekin Senat...» – deya boşlagan gapini oçiq qoldirdi u.
Ma'lumot uçun, Senat bu qonunni 18 dekabrdagi yalpi majlisida körişni rejalaştirgan edi. Ammo bu qanday özgarişlar ekani oçiqlanmagani, qonun matni e'lon qilinmagani jamoatçilikda e'tiroz uyğotgaç, Senat yalpi majlisidan bir kun oldin masala kun tartibidan öçirildi.
Qonun loyihasi Qonunçilik palatasi rasmiy sayti va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylanmagan.
Quyi palata spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov 23 dekabr kungi matbuot anjumanida sözida davom etar ekan, Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş tartibini belgilovçi 128-modda haqida töxtaldi.
«Konstitutsiyani yozganlardan bittasi menman. Konstitutsiyani nafaqat öqiş kerak, uni uqiş ham kerak. Keyin, Konstitutsiyani öqişni ham biliş kerak.









