Bayram-konsert formatida ötkazilgan tadbirda taniqli san’atkorlar, turli soha faollari iştirok etdi. Unda xonanda Ozoda Nursaidova sözga çiqib, öziga qöyilgan taqiqlar haqida gapirdi.
“San’atkor uçun “zapret” degan mudhiş tuşunça juda oğir edi. Hamkasblarimiz biz bilan söraşmay qöygan kunlar bölgan. Bularning hammasi ötmişda qoldi.
Mana hozir bemalol qöşiq kuylay olyapmiz. Qilingan yaxşi işlarni e’tirof qilişimiz şart. Ularga şukur qilişimiz şart. Men ana şundaylar toifasidanman. Hayotimdagi özgarişlar uçun katta rahmat aytaman.
2016 yilda hamma san’atkorlarning “zapret”i yeçildi. Meniki esa qolib ketdi. Öylardim — nega bunday böldi? Keyin esimga tuşdi: 2013 yilda men bir intervyu bergandim. Yakkasaroy tumanida yaşayman. Tuman hokimligidan yurist keldi. U buldozer bilan kelib “Ozoda opa, uyingizni buzamiz” dedi. 2013 yilda bölgan narsa. Öşa “zapret”dagi siqilib yurgan umidsizlik vaqtimiz. Ilojsizlikdan emotsiyada bölgan vaqtimda intervyu berganman. 2016 yildan hammadan taqiq olindi, men qolib ketdim. Bunga şu intervyu sabab bölgan bölsa kerak deb öyladim.
Vaqt ötib, menga ham yöl oçildi. Bir insonning mardligi menga sahnani qaytarib berdi, xalqqa qaytarib berdi. Inson qadri uluğlanayotgan yurtda yaşayapmiz”, — dedi Ozoda Nursaidova.
Xonanda tadbir iştirokçilarini 30 apreldagi referendumda faol iştirok etişga, jamoatçilikni konstitutsiya islohotlariga befarq bölmaslikka çaqirdi.
Tarğibot tadbirlari respublika hududlari böylab davom etmoqda.
















