Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov 2020 yilda Özbekiston aholisining biron qatlami qaşşoqlikka tuşmaganini ma'lum qildi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari örtasida uşbu masala keng muhokama qilindi. Kun.uz vazirlikka bir neçta savol bilan murojaat etdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikka qarşi kuraşiş vazirligi departamenti direktori Ilhom Mamatqulov kambağallik va qaşşoqlik terminlari özaro farqlanişi, Özbekistonda kambağallikka qarşi kuraşiş çora-tadbirlari haqida ma'lumot berdi. Mamatqulov Kun.uz yöllagan savollarga quyidagiça javob bergan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikka qarşi kuraşiş vazirligi departamenti direktori Ilhom Mamatqulov

Kambağallik va qaşşoqlik tuşunçalari Özbekistonda qanday izohlanadi?

Özbekiston tarixida ilk bor kambağallik masalasi 2020 yilning 24 yanvarida Özbekiston Respublikasi prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida kötarilib, mazkur mavzu ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy kun tartibiga aylandi.

Aholi örtasida ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini tölaş yoki ularning miqdorini oşiriş orqali uşbu muammoni hal etiş mumkin, degan fikr mavjud. Bu – bir tomonlama yondaşuv bölib, muammoni töla yeçiş imkonini bermaydi. Zero, kambağallikni kamaytiriş – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyğotiş, insonning içki kuç-quvvati va salohiyatini töliq röyobga çiqariş, yangi iş örinlari yaratiş böyiça kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oşirişga qaratilgan bölişi lozim. Bundan taşqari, kambağallikdan çiqib ketiş uçun eng muhim omil – bu insonning intilişi, öz kuçiga tayangan holda, aniq maqsad sari harakati bölişi kerak.

Mamlakatimiz rahbarining körsatmalariga binoan kambağallikni qisqartirişning aniq dastak va mexanizmlarini işlab çiqiş, xorijiy tajribani inobatga olgan holda kambağallik darajasini aniqlaş mezonlari va baholaş uslubi, ijtimoiy ta'minotning minimal standartlari va me'yoriy asoslarini puxta işlab çiqiş maqsadida qisqa muddatlarda Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro taşkilotlarining 14 nafar eksperti jalb qilindi.