O‘zbekiston | 10:55 / 13.12.2024
5200
2 daqiqa o‘qiladi

Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, 184 nafari ushbu oilalar xonadoniga biror marta ham bormagan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

Yig‘ilishda hamma rahbarlar ham ehtiyojmand aholini ishli qilib, daromadini ko‘paytirish, ularga manzilli ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil qila olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Xususan, kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi. 184 nafari ushbu oilalar xonadoniga biror marta ham bormagan.

Nogironligi bor shaxslar bandligi darajasi respublikada 20 foizga yetgani bilan, bu ishlar Jalaquduq, Chimboy, Pastdarg‘om, Chortoq  va Denov tumanlarida qoniqarsiz.

Mutasaddilarga ushbu tumanlarni namunali qilish, har bir mas’ulga aniq vazifa belgilash topshirildi.

Shuningdek, kelgusi yil Investitsiya dasturiga kiradigan 598 ta ijtimoiy obekt loyihasi nogironligi bor odamlarga moslab ishlab chiqilmagani tanqid qilindi.

Ushbu viloyat, tuman hokimlariga xatolarni to‘g‘rilash topshirildi.

Mavzuga oid