«Kambağallikdan farovonlik sari» dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega obroʻ-eʼtiborli uç nafar keksa beşta kambağal oilaga biriktiriladi.
Oilalarni kambağallikdan çiqarişda keksalarning asosiy faoliyat yönalişlarida quyidagilar amalga oşiriladi:
- xonadon tomorqasidan samarali foydalaniş va kiçik işlab çiqariş uskunalari va boşqa zarur texnika vositalarini bölib tölaş şarti bilan ijaraga olişga yordamlaşiş;
- oila farzandlarini hunarmand va ustalarga şogirdlikka biriktiriş şuningdek, uşbu oilalarning ta’lim muassasalarida öqiyotgan farzandlarini öquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlaş;
- piyoda yuriş madaniyatini tarğib qiliş;
- keksa yoşdagi fuqarolar uçun mos keladigan sport tadbirlarini taşkil etiş, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişga jalb etiş.
Faol keksalar har oyda mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori 50 foizi miqdorida (hozirda bu summa 577 500 söm) rağbatlantiriladi.
Keksa yoşdagi fuqarolarni sportga jalb qiliş uçun har bir mahallaga yiliga 10 million söm miqdorida mablağ ajratiladi.












