O‘zbekistonda anomal sovuq yana qancha davom etadi? O‘zgidromet izohi
O‘zbekistonda so‘nggi kunlarning asosiy muammosi – sovuq, gaz, svet... Gaz va svet bo‘yicha vaziyat tushunarli va ortiqcha umidlarga o‘rin yo‘q. Yagona ilinj – sovuqning chekinishi, havoning ilishi.

Kun.uz muxbiri mamlakatda sovuq ob-havo qachongacha hukm surishiga oid savollar bilan O‘zgidromet matbuot xizmati mutaxassisi Malohat Ro‘ziyevaga murojaat qildi.
– Hozirgi kunda kuzatilayotgan sovuq havoni anomal desak bo‘ladimi yoki normal hisoblanadimi?
– Mamlakatimiz hududida oxirgi 10 kundagi sovuq ob-havoni Sibir hududlaridagi sovuq antitsiklon periferiyasi belgilab turibdi. Bunda juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq havoni olib keldi.
Bu vaqtda kechalari 5-10°, shimol va cho‘l zonalarida 12-17° gacha sovuq harorat qayd etilyapti. Kunduzlari 0-5° kuzatilyapti.
Bu – o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 10–12 daraja past degani. O‘rtacha ko‘rsatkichlardan past havo harorati uzluksiz ravishda 10 kun davom etayotgani uchun bu anomal hisoblanadi.
– Prognozlarga ko‘ra, bunday sovuq havo yana necha kun saqlanib turadi?
– O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, 9–12 yanvar kunlari respublikamizda havo-harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bunda kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzlari esa 5–10 daraja iliqqacha ko‘tarilib boradi.
– Aynan mana shunday sovuq havo qaysi yillarda kuzatilgan?
– Belgilangan davrda bunday sovuq, ya'ni 10–12 daraja past havoning kuzatilishi tabiiy, oldingi yillarda ham kuzatilgan. Faqat bu qadar davomiy bo‘lmagani uchun sezilarli kechmagan.
Masalan, 2014 yil yanvar oyining 11 kunida 6–8 daraja sovuq kuzatilgan. 2008 yilda esa umumiy yanvar oyida esa harorat o‘rtacha me'yordan 7 daraja past bo‘lgan. 2012 yilda qisqa muddatli sovuqlar kuzatilgan.
Bizda hozirgi kunda kuzatilayotgan darajadagi sovuqlar oxirgi 10 yilda qayd etilmagan. Ya'ni hozirgiday davomli, qor parchalari kristallashgan, bulduruqli havo kuzatilmagan. Shuning uchun ham anomal sovuq dedik.
Abror Zohidov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi
Jahon | 19:46
-
«Menga bu medal va qog‘ozlarning keragi yo‘q» – Washington Post Sumiga raketa zarbasi kunidagi taqdirlashda qatnashgan harbiylar bilan gaplashdi
Jahon | 19:16
-
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi
Jamiyat | 19:14
-
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 19:12
Mavzuga oid

12:35
Ayrim hududlarda harorat nol darajagacha pasayadi. Bog‘dorlar va dehqonlar nima qilishi kerak?

13:39 / 14.04.2025
Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

18:30 / 13.04.2025
14 aprel kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

21:09 / 12.04.2025