Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda O‘zbekistonga 60 ming boshdan ortiq qoramol va 36,6 ming qo‘y olib kirilgan
2020 yilda xalq iste'moli mahsulotlari orasida go‘sht bahosi keskin oshishi kuzatildi va hukumat narxni jilovlash uchun qat'iy choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi. Bir muddat muayyan narx belgilandi, bu esa tabiiyki mahsulot sifatiga ham, tadbirkorlar, qassoblar faoliyatiga ham ta'sir qildi.
O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga doir qator qarorlar qabul qilindi. Shu bilan birga, chorva importi ham katta hajmda amalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘tgan 2020 yilda O‘zbekistonga jami 60 097 bosh qoramol olib kirilgan bo‘lsa, ularning 36 584 boshi naslli, 23 513 boshi naslsiz qoramollardir.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotiga ko‘ra bu qoramollarni olib kirish uchun jami 90 mln AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflangan.
Shuningdek, qiymati deyarli 5 mln dollarlik 36 616 bosh qo‘y, 797 ming dollarga teng 3683 bosh echki ham import qilingan. O‘tgan bir yil davomida O‘zbekiston biror bosh chorva eksport qilmagan.
Qoramollar, qo‘y va echkilar asosan Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Avstriya, Germaniya, Niderlandiya, Daniya, Chexiya va Vengriyadan import qilingan.
Ma'lum qilinishicha, chorva import qiluvchi tadbirkorlar dastlab qo‘mitaga murojaat qiladi va agar chorva eksport qiluvchi davlat «qizil» hududda bo‘lmasa, ularga ruxsatnoma rasmiylashtirib beriladi. Shu ruxsatnoma asosida eksporter davlatdan chorva xarid qilinadi va 30 kun karantindan keyin O‘zbekistonga olib kiriladi.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:59 / 26.05.2026
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
09:44 / 23.05.2026