Davlat xizmatlari portalida avtomobillarning muvofiqligini baholaşga navbat oliş xizmati paydo böldi.

“autodeklarant” kanalining xabar berişiça, xizmatdan foydalaniş uçun dastlab singlewindow.uz sayti orqali muvofiqlik sertifikati uçun ariza yuborilgan bölişi kerak.

Şundan keyin my.gov.uz sayti yoki mobil ilovasida elektron xizmat orqali Piskent avtopoligoniga avtotransport vositasini olib boriş sanasi va vaqti belgilanadi.

“Tayyorgarlik körib turiş uçun laboratoriyaga belgilangan vaqtdan vaqtliroq keliş lozim. Belgilangan vaqtga 20 daqiqa qolganida operatorga murojaat qilib, my.gov.uz tizimidan olingan QR-kodni taqdim etasiz”, deya yozadi “autodeklarant”.

Telegram'dagi rasmiy manbalar, xususan Adliya vazirligi, Texregulyatsiya agentligi, UzTest, YaIDXP va “Davlat xizmatlari” kanallarida yuqoridagi xizmat işga tuşirilgani haqida xabar berilmadi.

Özbekistonda import qilingan avtotransport vositalariga muvofiqlik sertifikati beriş uçun sinovlar joriy noyabr oyidan boşlab bojxona hududida emas, Toşkent viloyati Piskent tumanida avtopoligonda ötkazila boşlandi.

Şundan söng import avtomobillarni poligonga olib kelganlar uzun navbatlarga röbaro keldi, navbat uzoqligidan şu yerda tunab qolişiga ham töğri keldi