Prezidentning bir qator hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda:

  • moliya-xöjalik faoliyatini amalga oşirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini belgilaş mezonlarini takomillaştiriş;
  • yangidan taşkil qilingan tadbirkorlik sub’yektlarining rivojlanişini baholaş körsatkiçlarini maqbullaştiriş;
  • VVV toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga tovarlarni import qilişda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilişda tölanadigan qöşilgan qiymat soliği summalarini özaro hisobga oliş tartibini tatbiq etiş;
  • ayrim mahalliy mahsulotlarni realizatsiya qiliş faoliyatini vakolatli organni xabardor qiliş tartibida amalga oşiriş. 

Korxonani moliya-xöjalik faoliyatini amalga oşirmayotgan deb topiş uçun quyidagilar asos böladi:

  • davlat röyxatidan ötgan sanadan boşlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlarini oçmaganligi;
  • bank hisobvaraqlarini oçgan, biroq 6 oy mobaynida:
  • moliya-xöjalik faoliyati böyiça bank hisobvaraqlariga mablağlar tuşirmaganligi;
  • elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylaştirmaganligi;
  • onlayn nazorat-kassa maşinalari, virtual kassa yoki “marketpleys” tölov tizimidan foydalanmaganligi;
  • taşqi savdo operatsiyalarini amalga oşirmaganligi. 

Moliya-xöjalik faoliyatini amalga oşirmayotgan korxonalar tugatilganda:

  • korxonalar soliq organining taqdimnomasiga asosan 1 yil muddatga harakatsiz rejimga ötkaziladi;
  • röyxatdan ötkazuvçi organ bir yil davomida faoliyat tiklanmaganda ularni Tadbirkorlik sub’yektlarining yagona davlat reyestridan çiqaradi. 

Bundan buyon VVV va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga tovarlarni import qilişda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilişda tölanadigan QQS summalarini özaro hisobga oliş tartibi tatbiq etiladi.