Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda to‘la qurib bitkazilmagan piyodalar ko‘prigi quladi
Namangan shahrida qurilishi bir oy oldin boshlangan piyodalar ko‘prigi sinib tushdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. Ma'lum bo‘lishicha, ko‘prikni mahalliy tadbirkor marhum otasining vasiyatiga binoan qurayotgan bo‘lgan.

Namangan shahar Davlatobod tumanidagi O‘n bir Ahmad ziyoratgohini turizm obektiga aylantirish maqsadida 2020 yil dekabrida Shimoliy Farg‘ona kanali ustida piyodalar ko‘prigi qurila boshlangan edi.
37 metrlik ko‘prik qurilish ishlari oxiriga yetmasdan, 8 yanvar kuni o‘rtasidan bo‘linib, suvga qulagan.
«Namangan ko‘priklardan foydalanish» UK rahbari Sanjarbek Shodmonovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, qulab tushgan ko‘prik ziyoratgoh uchun tadbirkor tomonidan, homiylik asosida qurilgan.
«Ko‘prigimiz O‘n bir Ahmad ziyoratgohini obodonlashtirish jarayonida mahalliy tadbirkorimiz tomonidan, homiylik yordami sifatida, aholining uzog‘ini yaqin qilish maqsadida qurilayotgan edi. Hech qanday davlat budjeti mablag‘i sarflanmagan», – dedi u.
Namangan viloyat hokimligi bergan ma'lumotga ko‘ra, ko‘prikni tadbirkor Ma'rufxon Hojixonov yaqinda 90 yoshida qazo qilgan otasining vasiyatini ro‘yobga chiqarish uchun qurgan.
«Dadamning vasiyatlariga ko‘ra, O‘n bir Ahmad ziyoratgohiga keladiganlar qiynalmasligi uchun shu ishga qo‘l urgandim. Ko‘prik tayyor bo‘lganidan keyin shu atrofdagi avtoturargohda bir hafta 5 tonnadan oshiq yuk qo‘yilgan holatda turdi, qilt etmadi. Keyin joyida sinab ko‘rdik. Havo harorati pasayib, kanaldagi suv oqimi ko‘paygani sababli hali ishimiz oxiriga yetmagan edi», – deydi Ma'rufxon Hojixonov.
Tadbirkorning aytishicha, ko‘prikning montaj ishlari to‘liq yakunlanmagan, ikki tomoniga yana tros va temir o‘rnatiladi.
«Namangan ko‘priklardan foydalanish» UK rahbari Sanjarbek Shodmonov bergan ma'lumotga ko‘ra, ziyoratgoh avtoturargohini asfaltlash uchun 970 million so‘m, unga borish yo‘llarini asfaltlash uchun 1,2 milliard so‘m atrofida mablag‘ rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 16:11 / 20.08.2025
80 ta tumandagi bog‘cha va maktablarning bo‘sh yerlarida bog‘chalar quriladi
Iqtisodiyot | 15:25 / 20.08.2025
O‘zbekistonda insultni davolash uchun maxsus shifoxona ochiladi
O‘zbekiston | 20:43 / 19.08.2025
ADWorld ishi: pullar qaytariladimi?
Jamiyat | 16:50 / 19.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron rasmiysi: Rossiya 12 kunlik urush paytida Isroilga razvedka ma’lumotlarini bergan
Jahon | 00:39
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida piyodalar uchun to‘rtta yo‘lo‘tkazgich quriladi
O‘zbekiston | 23:16 / 25.08.2025
-
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
O‘zbekiston | 22:39 / 25.08.2025
-
Tramp Rossiya va Ukraina mojarosini «shaxsiy» deb atadi va to‘xtatishga va’da berdi
Jahon | 22:35 / 25.08.2025
Mavzuga oid

11:21 / 13.08.2025
Pop tumanidagi o‘rmonda yong‘in yuz berdi

16:19 / 23.07.2025
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025