Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Jizzaxda qurilayotgan ko‘p qavat uy qulashidan keyingi holat
Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Jizzax shahrida ko‘p qavatli uy qulashi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi.
10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax shahrining Mustaqillik ko‘chasi bo‘yida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan birining bir qismi qulab tushdi.
Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, 6 qavatli bino, ya'ni 1-2-qavatlari savdo do‘koni, 3-6-qavatlari 11ta xonadondan iborat bo‘lgan binoning 240 kv.metrli 7ta xonadoni qulab tushgan. Bino qulashi oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar yo‘q.
Hodisa sabablarini aniqlash maqsadida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
FVV ma'lumotiga ko‘ra, ushbu uyning qurilish ishlari 2020 yil mart oyida boshlangan bo‘lib, dekabr oyida vaqtinchalik tugatilgandi.
Kun.uz muxbiri voqea joyida bo‘lib, hodisadan keyingi holat aks etgan suratlarni taqdim etdi.









Mavzuga oid
14:22 / 23.11.2025
Jizzaxda «Matiz» yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
12:14 / 25.08.2025
Gazdan noqonuniy foydalanib kelgan tibbiyot maskani aniqlandi
08:59 / 15.05.2025
Fuqaroni 30 ming dollar evaziga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
09:45 / 10.09.2024