Energetika vazirligi: 2021 yilda 9ta yangi elektr stansiyasi ishga tushiriladi
2021 yilda O‘zbekistonda 1387 megavattlik quvvatga ega 9ta yangi elektr stansiyasi ishga tushiriladi, deb ma'lum qildi Energetika vazirligi.

«To‘raqo‘rg‘on» IES/ Foto: Kun.uz
Energetika vazirligi ortib borayotgan energiya ehtiyojini qondirish choralari haqida axborot berdi.
Xabar qilinishicha, 2021 yilning oktabr–noyabr oylarida turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 MVt bo‘lgan 4 ta yangi IES foydalanishga topshiriladi.
Shuningdek, 2021 yilning oktabr oyida har birining quvvati 100 MVt bo‘lgan 2ta quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Samarqand viloyatida Total Eren (Fransiya), Navoiy viloyatida Masdar (BAA) kompaniyasi o‘z loyihalarini amalga oshirmoqda.
«Gidroenergetika sohasida ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 2021 yil iyun oyida GESning Chirchiq–Bo‘zsuv kaskadiga kiruvchi «Kamolot» GES qurilishi yakunlanadi. Shuningdek, iyun oyida Surxondaryo viloyatidagi To‘polang daryosida Zarchob kichik GESlari kaskadini ishga tushirish ham rejalashtirilgan», – deyiladi vazirlik xabarida.
- Ma'lum qilinishicha, 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston aholisiga 1,74 mlrd kVt soat, 2018 yil dekabr oyida esa 1,57 mlrd kVt soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Ya'ni 2 yil ichidagi o‘sish 11 foizni tashkil etgan.
- 2020 yilda O‘zbekiston bo‘ylab elektr energiyasi iste'moli 69,1 mlrd kVt soatni tashkil qilgan. Bu – 2019 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 6,1 foizga va 2016 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 20,1 foizga ko‘p.
- 2020 yilda O‘zbekistondagi elektr stansiyalarida 66,4 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu – 2019 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 5 foizga, 2016 yilga nisbatan 12,6 foizga ko‘p.
2016 yilda qabul qilingan Investitsiya dasturiga asosan, davlat kafolati asosidagi kreditlar hisobidan 3,7 GVtdan ortiq quvvatlar ishga tushirildi.
Yangi stansiyalar qurilishi va mavjudlarining kengaytirilishi hisobiga, 900 MVt yangi quvvat Tolimarjon IESdan, 560 MVt – Taxiatosh IES, 450 MVt – Navoiy IES, 370 MVt – Toshkent IEM, 150 MVt Angren IESdagi ko‘mir energoblokidan olindi.
Namangan viloyatida qurilgan yangi To‘raqo‘rg‘on IES bugungi kunda Farg‘ona vodiysining uchta viloyati iste'mol qilayotgan elektr energiyasi hajmining yarmini ishlab chiqarmoqda.
2020 yilda xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sherikligi asosida 6ta yangi elektr stansiyalari qurilishi boshlandi. Ularning umumiy qiymati 2 mlrd dollar, umumiy quvvati esa 2700 megavattni tashkil etadi, deyiladi vazirlik axborotida.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Jahon | 00:39
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
Mavzuga oid

20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi

08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin

23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

14:32 / 06.04.2025