Internetda kelajak velosipedi deb ta'riflanayotgan Tesla Model B haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi
Sanoat dizayneri Kendall Terner ko‘zni qamashtiruvchi velosiped dizayni konsepsiyasini ishlab chiqdi.
Aqlli va samarali shaxsiy transport vositasi
Ilon Mask va uning Tesla kompaniyasi dunyoni doim antiqa mahsulotlar bilan ajablantirib kelgan. Bir safar xavfsiz ognemyotlar taqdim qilgan bo‘lsa, yanagi safar qizil ishtonlar chiqardi va orada original shishada tekila sotishni ham unutmadi. Voqealarning bunday rivoji fonida supervelosiped konsepti bemalol ishonsa bo‘ladigan loyiha.
Yangi velosiped Tesla’ning shaxsiy transport falsafasiga to‘la mos tushadi – ulov elektrda yuradi va judayam «aqlli». Unga o‘rnatilgan avtopilot nafaqat to‘liq avtonomlik va xavfsizlikni ta'minlaydi, balki yo‘lovchini manzilga tezroq yetkazadi ham.
- Tesla Model B bu oddiy velosipedlar va Tesla avtomobillari o‘rtasidagi ko‘prik. Ko‘plab datchiklar atrofni ko‘zdan kechirib, velosipedchi atrofida «»himoya qobig‘i» hosil qiladi va o‘z vaqtida muammolardan xabardor qiladi.
Tesla Model B’ning har bir g‘ildiragi o‘z motoriga ega. Ikki g‘ildirakdagi motorlar bir bo‘lib, ikki karra tortishni ta'minlaydi. G‘ildiraklarga odatiy simlar o‘rniga amortizator o‘rnatilgan va bu ravon yurishni ta'minlaydi.
Yig‘iluvchi rul va pedallar velosiped asosiga o‘rnatilgan. Rul ham yangicha sxemada ishlaydi – uning kerakli tarafiga biroz kuch berish orqali burilish mumkin. Ya'ni burilish uchun rulni falon darajaga aylantirish shart emas. Bejirimgina uskunalar paneli asosga o‘rnatilgan bo‘lib, ko‘plab funksiyalarni bajarishi va zarur axborotni aks ettirishi mumkin.
Tesla Model B’ning eng g‘aroyib xususiyati – haydovchiga yuqori darajadagi xavfsizlikni taqdim etuvchi avtopilotdir. Velosipeddagi ikki karra tortish qobiliyati nishab do‘ngliklardan osonlikcha o‘tib ketish va yo‘lning xavfli qismini tezda tark etish imkonini beradi.
Oq-qora kelajak elektrovelosipedi Ilon Maskning aqlli elektr transport konsepsiyasiga rosa mos tushadi. Hozirda Tesla Model B ommaviy ishlab chiqarishga qo‘yilgani haqida ma'lumot yo‘q. Lekin Tesla istiqboli porloq loyihalarni amalga tezda tatbiq eta olishi bilan ham nom qozonganini hisobga olsak, aqlli velosiped tez orada bozorda paydo bo‘lsa kerak.
Mavzuga oid
12:01 / 27.11.2024
Yevropa Ittifoqida velosiped ishlab chiqarish hajmi kamayib bormoqda
19:34 / 20.11.2024
Germaniyada Tesla zavodi qurilishiga qarshilar daraxtlardan tushishni xohlamayapti
23:39 / 08.11.2024
Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshdi
10:57 / 07.11.2024