Karantin davrida O‘zbekistondagi o‘quvchilarning taxminan 10 foizi masofaviy ta'lim bilan qamrab olinmadi - YUNISEF
O‘zbekiston bolalari uchun maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining yana bir yil yopilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deya ta'kidlanadi YUNISEF relizida.

Foto: Getty Images
YUNISEF O‘zbekiston hukumatining maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida an'anaviy ta'limga qaytish bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlab, xavfsizlik qoidalariga amal qilishga chaqirdi.
Tashkilot tahlillariga ko‘ra, karantin davrida hukumat masofaviy ta'lim bo‘yicha yaxshi dasturni taklif qildi. Ammo shunga qaramay, o‘quvchilarning taxminan 10 foizi turli sabablarga ko‘ra masofaviy ta'lim bilan qamrab olinmagan. Bundan tashqari, masofaviy ta'limning samaradorligini baholash ham juda qiyin bo‘lgan.
Shu bois tashkilot maktab va bog‘chalarning an'anaviy ta'lim shakliga o‘tganini qo‘llab-quvvatlamoqda.
«Ta'limdagi yo‘qotishlarni tiklab olish juda ham muhim. Shuning uchun O‘zbekiston hukumatining bolalarni maktabga qaytarish haqidagi qarorini ma'qullaymiz. COVID-19'ning bolalar ta'limiga va psixologik-ijtimoiy holatiga ta'siri katta bo‘ldi. Shu nuqtayi nazardan, ota-onalar farzandlarini maktabga yuborish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishlari kerak», – deydi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.
«Mamlakat yana bir izolyatsiyani boshdan kechirishiga to‘g‘ri kelgan taqdirda, hukumat cheklovlarni bekor qilishni boshlaganda maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari birinchilardan bo‘lib ochilishi lozim. Masofaviy tahsil ololmagan o‘quvchilar chetda qolib ketmasligi kerak.
O‘zbekiston bolalari maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining yana bir yil yopilishini boshdan kechirishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Buning oqibatlari shakllanib kelayotgan avlodga, ayniqsa farovonlik darajasi kam bo‘lgan joylarda istiqomat qiluvchi va raqamli tengsizlikni o‘zida his qiluvchilar hayotiga katta ta'sir ko‘rsatadi.
COVID-19'ning yangi to‘lqini ta'lim uzluksizligiga ta'sir ko‘rsatmasligi uchun raqamli tengsizlikka barham berish, ta'limning muqobil variantlarini ko‘rib chiqish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozim», – deyiladi tashkilot press-relizida.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Asad davrida Suriyada 150 ming kishi bedarak yo‘qolgan. Ommaviy qabrlar birodarlik qabristonlari, yerto‘lalar va omborlarda topilmoqda
Jahon | 10:24
-
Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi
Jamiyat | 10:04
-
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor
Jahon | 08:37
-
AQSh Tramp buyrug‘idan keyin Yamandagi husiychilarga aviazarbalar bermoqda
Jahon | 07:48
Mavzuga oid

14:33 / 07.11.2024
YUNISEF: G‘azoda ikki kun ichida 50 dan ortiq bola halok bo‘ldi

22:44 / 03.08.2024
Bangladeshdagi namoyishlar oqibatida o‘nlab bolalar halok bo‘ldi - YuNISEF

18:36 / 08.06.2024
O‘zbekiston bolalar to‘yib ovqatlanmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi

09:41 / 16.05.2024