Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan xorijga ko‘chib ketuvchilar soni ko‘paydi
O‘tgan yili O‘zbekistondan ko‘chib ketgan odamlar mamlakatga ko‘chib kelganlarga nisbatan 12,5 ming nafarga ko‘p bo‘lgan.
Foto: Pixabay
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi migratsiya holati bo‘yicha ma'lumotlarni e'lon qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Qo‘mita ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yil davomida 203,7 ming odam O‘zbekistondan ko‘chib ketgan. Shu bilan bir qatorda, 191,2 ming odam ko‘chib kelgan. Pandemiya sharoitida chegaralar uzoq vaqt yopiq bo‘lganiga qaramay, migratsiya ko‘rsatkichlari 2019 yilga nisbatan yuksalgan.
Ta'kidlanishicha, Qashqadaryo (22,3 ming kishi), Samarqand (12,8 ming kishi), Surxondaryo (10,9 ming kishi) va Buxoro (8,5 ming kishi) viloyatlaridan ko‘chib ketganlar shu hududga ko‘chib keluvchilar soniga nisbatan sezilarli darajada balandligi kuzatilgan. Migratsiyaning ijobiy darajasi Toshkent shahri (71,8 ming kishi) va Toshkent viloyatida (4,4 ming kishi) qayd etilgan.
O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijdan ko‘chib kelgan odamlarning 37 foizi), Rossiya (22,3 foiz) va Tojikiston (20 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi ham Qozog‘iston (64,3 foiz) va Rossiya (29,3 foiz)ga ketganlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma'lumot uchun, 2019 yil davomida ko‘chib ketganlar 169,5 ming kishini, ko‘chib kelganlar 158,9 ming kishini tashkil qilgandi.
Mavzuga oid
18:37 / 27.12.2025
Xorvatiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik oila vatanga qaytarildi
10:26 / 27.12.2025
O‘zbekistonda energiya resurslari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
10:12 / 27.12.2025
Chakana savdo 11 foizga, ulgurji savdo 12,8 foizga o‘sdi - yangi raqamlar
15:53 / 26.12.2025