Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma: Jo Baydenning inauguratsiyasi
AQShda 46-prezident Jo Baydenning birinchi muddati rasman boshlandi.
Foto: AP/TASS
20 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00ga yaqin Vashingtonda AQShning 46-prezidenti Jo Bayden va 49-vitse-prezidenti Kamala Harrisning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Koronavirus va ommaviy tartibsizliklar ehtimoli tufayli an'anaviy marosimga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritildi. Marosim qatnashchilari soni qat'iyan cheklandi: Kongressning har bir a'zosi (538 kishi) o‘zi bilan bir kishi olib kelishi mumkin edi.

An'anaga ko‘ra, inauguratsiyaga avvalgi prezidentlar — Bill Klinton, kichik Jorj Bush va Barak Obama o‘z rafiqalari bilan tashrif buyurishdi. Jimmi Karter keksaligi sababli, 45-prezident Donald Tramp esa shunchaki istamagani uchun marosimga kelmadi. Tramp bir yarim asr ichida keyingi davlat rahbarining inauguratsiyasini o‘tkazib yuborgan ilk prezident bo‘ldi. So‘nggi marta 1869 yilda Endryu Jonson shu ishni qilgandi.
Bu Franklin Ruzveltning to‘rtinchi muddatidan buyon kuzatilgan eng ixcham inauguratsiya marosimi bo‘ldi. Odatda Linkoln yodgorligidan Kapitoliygacha bo‘lgan Milliy xiyobonda to‘planadigan oddiy tomoshabinlar soni 200 mingga yaqinni tashkil etardi, bu safar maydonga marosimga kela olmagan tashrifchilar o‘rniga va koronavirus oqibatida vafot etganlarni xotirlash uchun ramziy ma'noda 200 mingta AQSh bayrog‘i o‘rnatildi.
6 yanvar kungi voqealar tufayli marosim arafasida bemisl darajadagi xavfsizlik choralari ko‘rildi. Poytaxtga Milliy gvardiyaning 25 mingdan ortiq jangchisi joylashtirildi, yo‘llar to‘sildi.
Marosimda Ledi Gaga AQSh madhiyasini kuyladi. Undan so‘ng sahnaga Jyennifer Lopes ham chiqdi. Bayram konserti virtual formatda bo‘lib o‘tmoqda.
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: Alex Wong/Getty Images
ROB CARR / GETTY IMAGES
Foto: Tasos Katopodis/Getty Images
Foto: Win McNamee/Getty Images
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: Win McNamee/Getty Images
Foto: Drew Angerer/Getty Images
Foto: Drew Angerer/Getty Images
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: Drew Angerer/Getty Images
Foto: Alex Wong/Getty Images
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025