Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadir Japarov inauguratsiya vaqtida kortej va banketdan voz kechdi
Qirg‘izistonning yangi prezidenti Sadir Japarov o‘z inauguratsiyasi vaqtida kortej va banketdan voz kechdi. Bu haqda uning matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Men katta sarf-xarajatlarni talab qiluvchi maxsus kortej, banket va boshqa tashkiliy tadbirlardan voz kechishga qaror qildim. Prezident lavozimiga kirishishda qonunchilik talab qiladigan zaruriy marosimlarnigina hisobga olish va amalga oshirish lozim”, deb aytgan Japarov.
Uning aytishicha, “davlat barcha e'tiborini davlat mablag‘larining xalq va uning ehtiyojlari qo‘llab-quvvatlanishiga sarflanishiga qaratishi lozim”.
“Oktyabrdagi voqealardan keyin yuzaga kelgan siyosiy vaziyat, respublikaning iqtisodiy, moliyaviy va epidemiologik holatini hisobga olib, ushbu vaziyatda mamlakat iqtisodiyotiga og‘irlik qiladigan marosimlardan voz kechmog‘imiz lozim. O‘ylaymanki, xalq bizni tushunadi va qo‘llab-quvvatlaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Japarov.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti inauguratsiyasiga 10 mln qirg‘iz somi ajratish rejalashtirilgandi. Inauguratsiya 28 yanvarda Bishkekdagi filarmoniya binosida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Bishkekda bir nechta ko‘cha Japarovning inauguratsiyasi repetitsiyasi sababli berkitib turilgan. Bu esa qirg‘izistonliklarning tanqidiga sabab bo‘lgan. Ular yuzaga kelgan noqulayliklar va davlat mablag‘larining nooqilona sarflanishidan achchiqlanishgan.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026