Amerikalik jurnalist Larri King koronavirusdan vafot etdi
Amerikalik taniqli jurnalist Larri King 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnalistning Tvitterdagi akkauntida yozildi.
— Larry King (@kingsthings) January 23, 2021
King bir necha kun avval Los-Anjyelesdagi kasalxonalardan biriga yotqizilgandi. Unda koronavirus aniqlangan. 2017 yil jurnalist o‘pka saratoni bilan kurashayotganini ma'lum qilgandi. U 2019 yil infarktni ham boshdan o‘tkazgan. Amerika televideniyesining zabardast vakillaridan biri bo‘lgan Larri King o‘tgan asrning 50-yillarida faoliyatini boshlagan va teleboshlovchilar kam bo‘lgani sabab bir kunda bir necha marta efirga chiqqan.
Larri Kingning eng mashhur loyihasi «Larry King Live» dasturi hisoblanadi. 1985-2010 yillar oralig‘ida efirga uzatilgan bu dasturda minglab mashhur insonlar intervyu uchun taklif etilgan. Bu dasturda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp kabi mashhurlar mehmon bo‘lgan.