Bog‘cha tarbiyalanuvchilariga chiqindini saralash ko‘nikmasi o‘rgatiladi
O‘zbekistonda bog‘cha bolalari «Qiziqarli chiqindi» didaktik o‘yini orqali chiqindilarni saralashga o‘rgatiladi. Ekologik loyiha uchun YeXHT mablag‘ ajratdi.

Foto: Kun.uz
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga chiqindilarni saralash ko‘nikmalari o‘rgatiladi. Bu – «Qiziqarli chiqindi» didaktik o‘yini orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Hozirda loyiha pilot bosqichida amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Bu haqida Maktabgacha ta'lim vazirligining tizimda ekologik ta'lim va ekologik madaniyatni rivojlantirishni joriy etish bo‘yicha pilot loyiha mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Dastur Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, SVB Advisory Britaniya – O‘zbekiston barqaror rivojlanish kompaniyasi va Hashar Week ijtimoiy loyihasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shinga ko‘ra, loyihaning pilot bochqichi Toshkent shahridagi 13ta bog‘chada o‘tkazilmoqda.
«Hozirgi kunda ekologik muammolar global masshtabda ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, ekologik tarbiyani maktabgacha ta'lim tashkilotlarida joriy qilish ham muhim.

Pilot bosqichida loyiha bilan 4069 nafar bola va ularning ota-onalari qamrab olingan. Dastur 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Dastur samaradorligini ta'minlash maqsadida pilot loyihada ishtirok etayotgan 13ta MTTning 50 nafar tarbiyachisi uchun 2020 yilning dekabr oyida o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Bunda tarbiyachilar bog‘cha yoshidagi bolalarning ekologik ta'limi doirasida xulq-atvor psixologiyasi texnikalarini o‘zlashtirishdi.
Loyiha keyinchalik respublikaning barcha hududlaridagi bog‘chalarda tatbiq etilishi rejalashtirilgan», – dedi vazir.
Hashar Week ijtimoiy loyihasi muallifi va rahbari Suna Park chiqindilarni saralashni bolalarga o‘rgatish jarayoni qanday kechishi haqida ma'lumot berdi.

«Bolalarga qayta ishlanadigan va qayta ishlanmaydigan chiqindilar haqida kichik ma'ruzalar shaklida ma'lumot beriladi. Bolalar toza ekologik mahsulot bo‘lgan o‘yinchoq qutilarga O‘zbekiston sharoitida eng ko‘p uchraydigan maishiy chiqindilar nomi ko‘rsatilgan kartochkalarni qog‘oz, plastik va qayta ishlanmaydigan chiqindilarga saralab tashlashni mashq qilishadi.
Keyingi bosqichda esa katta qutilarga haqiqiy chiqindini saralab tashlashni o‘rganishadi.

Bola bog‘chada chiqindini saralashni o‘rgangani bilan uyda va ko‘chada ham shunga amal qilishi uchun ularning ota-onalariga tavsiyalar berib boriladi. Shuningdek, shahar infratuzilmasini ham chiqindini saralab tashlashga asoslangan holda chiqindi qutilari bilan ta'minlash masalasi ham ko‘rib chiqilishi lozim», – dedi Suna Park.
Loyiha bilan bog‘liq barcha xarajatlarni YeXHT moliyalashtirmoqda.

«Bolaga biron ko‘nikmani o‘rgatish qanchalik erta yoshda boshlansa, buning samarasi shunchalik yaxshi bo‘ladi. U bog‘chada o‘rgangan narsasini uyda, yaqinlari davrasida ham qo‘llay boshlaydi va shu orqali kattalarni ham shu yangi ko‘nikmadan xabardor qiladi.
Shu nuqtayi nazardan, chiqindilarni saralashni maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan boshlab o‘rgatish juda o‘rinli qarordir», – dedi YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi

20:20 / 08.04.2025
“Yakkalangan davlat bo‘lmasligimiz kerak” – YeXHT Parlament assambleyasi prezidenti

23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

15:11 / 26.03.2025