Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirabad Avenue: Premium dam olish uchun hovli qanday ko‘rinishga ega?
Mirabad Avenue rezidensiyasining ichki hovlisi – aholi qulayligi va shaxsiy hayoti uchun.
Podium maydonining yer sathidan 4 metr balandlikda joylashgani bois hovli mutlaqo mashinalardan xoli.
Bu noyob me'moriy yechim: sun'iy favvora, dam olish maskani, o‘simliklar, o‘yin maydonchasi va mashg‘ulotlar maydoni beton asosga joylashtirilgan, uning ostida mashinalar turar joyining ikkita qavati mavjud – buning natijasida aholining shaxsiy dam olish joylari shahar shovqinidan xoli.

Bolalar va kattalarning dam olish tasavvuri turlicha, shuning uchun turar joy hovlisi shunday ajratib qo‘yilganki, har qanday yoshdagi fuqarolar bo‘sh vaqtlarini, bir-birlariga xalal bermasdan, bir xil hududda o‘tkazishlari mumkin.
Bir qismi sun'iy sharshara va suv ombori bilan o‘ralgan ikki qavatli dam olish maskani alohida e'tiborga loyiqdir. Hovuzli original yechim issiq mavsumda yoqimli mikroiqlim yaratadi.
Birinchi qavatda aholida yumshoq mebellar, tadbirlarni o‘tkazish yoki birgalikda film tomosha qilish uchun proyektor va audio tizim mavjud.
Birinchi qavatdan spiral zina bo‘ylab ikkinchi qavatga ko‘tarilish mumkin. Ikkinchi qavatda o‘simliklar gilamga o‘xshash tarzda obodonlashtirilgan, shuningdek, alohida dam olish joyi mavjud.
Rezidensiyaning hovlisi – bu shaxsiy va qo‘riqlanadigan hudud bo‘lib, unga kirish faqat aholi va xodimlar uchun mumkin bo‘ladi.

Bugungi kunda rezidensiyaning birinchi bosqichida joylashgan apartamentlar uchun 11 oygacha foizsiz to‘lov rejasi mavjud.
Birinchi hovli allaqachon tayyor, xonadonlarning 60 foizdan ortig‘i sotilgan va 2021 yil fevral oyida oxirgi ikkita blok kadastrni olishga tayyorlanmoqda (C va D bloklari kadastrni 2020 yilda oldi).
Birinchi bosqich qurilishi yaqinda tugallanishi munosabati bilan xonadonlarning narxi joriy yilda qariyb 4 baravarga o‘sishi kutilmoqda.
Telefon: +998 78 777 77 78
Telegram ChatBot - t.me/mirabad_avenue_bot
Telegram kanal - t.me/mirabad_avenue
Instagram - instagram.com/mirabad_avenue
Facebook - facebook.com/mirabad.avenue
Sayt - https://mirabad.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
16:55 / 11.03.2024
Mirabad Avenue rezidensiyasi oxirgi 20 xonadonga 20% chegirma e’lon qiladi
16:58 / 12.02.2024
Mirabad Avenue rezidensiyasidagi qishki aksiya tugashiga ikki hafta qoldi
17:00 / 10.01.2024
Mirabad Avenueʼda 24% chegirma amal qilmoqda
16:59 / 11.12.2023