Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL qur'asi: «Paxtakor» «B» guruhiga tushdi, OKMK pley-offdan o‘tsa «A» guruhidan joy oladi
Osiyo Chempionlar ligasi-2021 guruh bosqich bahslariga qur'a tashlandi.
Unga ko‘ra, Toshkentning «Paxtakor» jamoasi «V» guruhida Otabek Shukurov to‘p surayotgan BAAning «Sharja», Eronning «Traktorsozi» va 2-pley-off g‘olibi («Al Vahda» Saudiya Arabistoni yoki «Al-Quva Al-Joviya» Iroq) jamoalari bilan bahs olib boradi.
Mamlakatimiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan yana bir klub – OKMK esa pley-off bahsida Qatarning «Al G‘arafa» jamoasidan ustun kelsa, «A» guruhidan joy oladi. Dastlabki guruhda Saudiya Arabistoni chempioni «Al Hilol», BAAning «Al Ahli» va Tojikiston chempioni «Istiqlol» joy olgan. Guruhdagi 4-jamoa «Al G‘arafa» - OKMK o‘yinidan keyin ma'lum bo‘ladi. Ushbu bahs 7 aprel kuni o‘tkaziladi.
G‘arb mintaqasi saralash pley-off o‘yinlari:
1. «Al G‘arafa» (Qatar) - OKMK (O‘zbekiston)
2. «Al Vahda» (Saudiya Arabistoni) - «Al Quva Al Joviya» (Iroq)
3. «Fulad» (Eron) - «Al Ayn» (BAA)
4. «Al Vahda» (BAA) - «Al Zavra» (Iroq)
Sharq mintaqasi pley-off o‘yinlari:
1.»Brisben Roar» (Avstraliya) - «Kaya Iloilo» (Filippin)
2. «Melburn Siti» (Avstraliya) - «Shan Yunayted» (Myanma)
Pley-off bosqichi
1. «Pekin Goan» (Xitoy) - saralash bosqichi 1-g‘olibi
2. «Serezo Osaka» (Yaponiya) - saralash bosqichi-2 g‘olibi
3. «Poxang Stilers» (J.Koreya) - «Rathaburi» (Tailand)
4. «Tegu» (J.Koreya) - «Chianrey Yunayted» (Tailand)
OChL-2021 guruh bosqichi G‘arb mintaqasi:
«A» guruhi: «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni), «Shabob Al-Ahli Dubay» (BAA), «Istiqlol» (Tojikiston), «Al-G‘arafa» (Qatar) / OKMK (O‘zbekiston)
«B» guruhi: «Sharja» (BAA), «Traktorsozi» (Eron), «Paxtakor» (O‘zbekiston), «Al Vahda» (Saudiya Arabistoni) / «Al Quva Al Joviya» (Iroq)
«C» guruhi: «Duhayl» (Qatar), «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni), «Istiqlol» (Eron), «Al Shorta» (Iroq)
«D» guruhi: «As-Sadd» (Qatar), «An-Nasr» (Saudiya Arabistoni), «Al-Vahdat» (Iordaniya), «Fulad» (Eron) / «Al Ayn» (BAA)
«E» guruhi: «Persepolis» (Eron), «Ar-Rayyan» (Qatar), «Goa» (Hindiston), «Al Vahda» (BAA) / «Al Zavra» (Iroq).


Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
20:44 / 26.11.2025
OChL-2. «Andijon» beshinchi o‘yinni ham durang bilan yakunladi
20:41 / 24.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi
23:05 / 05.11.2025