Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida orqaga qayrilib olish joylari yer ostidan yoki yer ustidan o‘tkaziladi
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2021 yilda davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasida amalga oshirilishi ko‘zlangan istiqbolli rejalar to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida orqaga qayrilib olish joylarini o‘rganib chiqish mo‘ljallanmoqda.
Ma'lum qilinishicha, o‘rganish natijasiga ko‘ra, lozim deb topilgan qayrilib olish joylarini yer ostidan yoki yer ustidan o‘tkazish bo‘yicha taklif tayyorlash va zaruriy choralarni ko‘rish rejalashtirilgan.
Avvalroq, YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borishi tizimidan bosqichma-bosqich voz kechilishi xabar qilingandi.
Bunda YPX xodimlarining faqat qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash qurilmalari bilan jihozlangan patrul avtomobillarida xizmat olib borishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025