Dilmurod Nabiyev lavozimidan ozod etildi
Dilmurod Nabiyev O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni imzolangan.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
«Dilmurod Hamidullayevich Nabiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimidan ozod etilsin», deyiladi prezident matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan farmonda.
Dilmurod Nabiyev 2018 yil iyulidan buyon vazirlikka rahbarlik qilib kelayotgandi. Hozircha uning keyingi faoliyati xususida ma'lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yaqin kunlarda bir nafar hokim va vazir lavozimini tark etishini ma'lum qilgandi.
«Bir hafta ichida kadrlar masalasi bo‘yicha bir qarorga imzo qo‘yaman. Biz ishongan ayrim amaldorlar aravani tortmayapti. Ular sadoqatli odam, lekin ishni bajara olmayapti. Shuncha va'zxonlik yetadi, ularga qancha imkoniyatlar berdik, ammo samarali natija ko‘rsatishmadi. Boshqacha ishlash vaqti keldi», degandi prezident.
Ma'lumot uchun, bungacha 2021 yil boshidan buyon ikki vazirlikda rahbarlar almashgandi - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov hamda Uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri Muzaffar Soliyev ishdan olingandi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi
O‘zbekiston | 12:44
-
Germaniyalik yevrodeputatlar 9 may kuni Moskvaga boradi
Jahon | 12:41
-
Buloqboshida suv toshqini yuzaga keldi
O‘zbekiston | 12:27
-
Van Universal Motors “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida FAW texnikalarining yangi modellari bilan qatnashdi
O‘zbekiston | 12:25
Mavzuga oid

11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

19:00 / 05.03.2025
Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan

12:30 / 03.03.2025